Jahon | 19:00 / 22.08.2022
10055
1 daqiqa o‘qiladi

Janubiy Koreya va AQSh hamkorlikdagi yirik harbiy mashg‘ulotlarni boshladi

Harbiy mashg‘ulotlar 22 avgust kuni boshlandi va 1 sentabrgacha davom etadi. Mashg‘ulotlarda samolyotlar, kemalar, tanklar va o‘n ming nafar harbiy qatnashadi.

KXDR tomonidan xavf kuchayishi sababli Janubiy Koreya va AQSh so‘nggi yillardagi yirik harbiy mashg‘ulotlarni boshladi, deb xabar berdi Reuters.

Ulchi Freedom Shield deb nomlangan harbiy mashg‘ulotlar 22 avgust kuni boshlandi va 1 sentabrgacha davom etadi.

Xabarda aytilishicha, mashg‘ulotlarda samolyotlar, kemalar, tanklar va o‘n ming nafar harbiy qatnashadi.

Harbiy mashg‘ulotlar 2017 yildan buyon o‘tkazilayotgan eng yirik mashg‘ulot bo‘ladi. Qayd etilishicha, Vashington va Seul koronavirus pandemiyasi sababli qisqartirilgan keng ko‘lamli mashg‘ulotlarni qayta tiklamoqchi.

Avvalroq AQSh, Janubiy Koreya va Yaponiya Havayi orollari yaqinida raketaga qarshi mudofaa bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tkazgandi.

Mavzuga oid

E`lonlar