BMT: Ukrainaliklarning deyarli uchdan bir qismi qochqinga aylandi
Rossiyaning Ukrainaga qarshi boshlagan urushi Ikkinchi jahon urushidan keyingi eng yirik migratsiya inqirozi bilan birga keladi, deya ma’lum qildi BMT Qochqinlar bo‘yicha Oliy komissarligi.
Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) ma’lumotlariga ko‘ra, 24 fevralda Rossiya Ukrainaga bostirib kirganidan beri mamlakatdagi 44 million aholining deyarli uchdan bir qismi o‘z uylarini tashlab ketgan. Bu Ikkinchi jahon urushi tugaganidan beri eng katta migratsiya inqirozi. Bunday bayonotni 22 avgust, dushanba kuni BMTning Qochqinlar bo‘yicha Oliy komissari boshqarmasi (BMT QOKB) ma’lum qildi. Endi odamlarni «katta sinov» kutmoqda, chunki urush qancha davom etishi va qishda ularni nima kutayotgani noma’lum, deyiladi deklaratsiyada.
Rossiya Ukrainaga shafqatsizlarcha bostirib kirganidan keyin hammasi o‘zgardi, dedi Bonndagi UNO-Flüchtlingshilfe notijorat tashkiloti rahbari Peter Ruenshtrot-Bauer. «Shunga qaramay, ukrainaliklar jasoratini yo‘qotmadi, shu jumladan Germaniya fuqarolik jamiyatining qo‘llab-quvvatlashi va birdamligi tufayli», dedi u.
UNO-Flüchtlingshilfe BMT QOKBning nemis hamkori bo‘lib, Ukrainadagi odamlarga shoshilinch yordam ko‘rsatishni targ‘ib qiladi. Biroq, shahar vayronalari va fuqarolik infratuzilmasining yo‘q qilinishi sababli, uyda qolgan ko‘plab ukrainaliklar hali ham oziq-ovqat, suv yoki dori-darmon kabi asosiy ehtiyojlarini qondira olmayapti.
BMT QOKB idorasi Ukrainada 1990-yillardan beri faoliyat yuritib, joylarda gumanitar yordam ko‘rsatib kelmoqda. Rossiya tomonidan boshlangan urush paytida BMT QOKB Ukrainaga qo‘shni davlatlar hukumatiga yangi kelganlarni ro‘yxatga olishda yordam bermoqda. Bu odamlarning eng zaif guruhlarini va alohida ehtiyojga ega bo‘lganlarni, masalan, kuzatuvsiz bolalar, qariyalar, nogironlar va harakat paytida alohida xavf ostida bo‘lgan odamlarni aniqlashni osonlashtiradi.
UNO-Flüchtlingshilfe ma’lumotlariga ko‘ra, so‘nggi olti oy ichida Ukrainani tark etishga majbur bo‘lgan qochqinlarning qariyb 90 foizi ayollar va bolalardir. Ularning himoyasini ta’minlash maqsadida qochqinlar o‘rtasida odam savdosi va jinsiy ekspluatatsiya xavfi haqida xabardorlikni oshirish maqsadida stay safe («Xavfsiz bo‘l») axborot kampaniyasi boshlandi. Shu bilan birga, tranzit hududlarda «ko‘k nuqta» deb ataladigan joylar - oilalar, bolalar va ayniqsa zaif qochqinlar qisqa vaqt ichida himoya hamda yordam oladigan xavfsiz joylar yaratildi.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin RFning Ukraina hududiga harbiy aralashuvini «maxsus harbiy operatsiya» deb atadi. Biroq, G‘arb uchun bu shafqatsiz bosqinchilik urushidan boshqa narsa emas. Shuning uchun u Rossiyaga qarshi keng qamrovli sanksiyalar kiritdi.
Mavzuga oid
13:30
Tramp yutsa urushni bir sutkada to‘xtatishni va’da qilgandi. U yutdi - xo‘sh?
23:26 / 09.11.2024
“G‘arbning geosiyosiy ochko‘zligi kelishmovchiliklar bosh sababi” – Putinning “Valday”dagi chiqishi
17:00 / 09.11.2024
The Telegraph: Tramp rejasi Britaniya qo‘shinlarini Ukraina chegarasiga joylashtirishni nazarda tutadi
11:08 / 09.11.2024