O‘zbekiston | 07:30 / 24.08.2022
1862
1 daqiqa o‘qiladi

«Hududgazta’minot» gaz taqchilligi haqidagi xabarlarni rad etdi 

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahrida gaz to‘ldirish shoxobchalarida tirbandliklar yuzaga kelgani haqida xabar tarqaldi.

Foto: Kun.uz

Ushbu xabar yuzasidan «Hududgaz Poytaxt» gaz ta’minoti filiali matbuot xizmati ma’lum qilishicha, 23 avgust kuni Toshkent shahrida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha ta’mirlash ishlari olib borilgan

«Yunusobod tumanidagi 6 ta gaz to‘ldirish shoxobchasida gaz ta’minoti vaqtinchalik to‘xtatilgan», deyiladi «Hududgaz Poytaxt» gaz ta’minoti filiali matbuot xizmati xabarida.

Ta’mirlash ishlari tugatilgunga qadar iste’molchilardan boshqa gaz to‘ldirish shoxobchalaridan foydalanish iltimos qilingan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid