Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Italiyaning Sardiniya orolida yashashga rozi bo‘lganlarga 15 ming yevro grant beriladi
Hukumat orol aholisi sonining kamayishi va iqtisodiyotning pasayishini shu yo‘l bilan to‘xtatmoqchi.
Italiyaning Sardiniya oroli hukumati bu yerga doimiy yashash uchun ko‘chib keluvchilarga 15 ming yevro miqdorida grant berilishini e’lon qildi. Bu haqda Daily Mail xabar berdi.
Hukumat orol aholisi sonining kamayishi va iqtisodiyotning pasayishini shu yo‘l bilan to‘xtatmoqchi. Hozirda Sardiniyaning qishloq joylarida yashovchi yoshlar ommaviy ravishda Italiyaning yirik shaharlariga ketib qolmoqda.
«Sardiniya bu yerga ko‘chib keluvchilar yoki shu yerda oila qurishni istaydiganlar uchun serhosil yerga aylanadi», — deyiladi avtonom oblast prezidenti Kristian Solinasning bayonotida.
Uning so‘zlariga ko‘ra, orolda yashashga qaror qilgan yoshlar uchun qulay sharoitlar yaratilgan.
Grantlar Sardiniyadan uy sotib olgan yoki oroldagi uyni ta’mirlaganlargagina ajratiladi. Grant oluvchilar 3 ming nafardan kam odam yashaydigan aholi punktiga ko‘chib kelishi shart.
Mavzuga oid
08:53 / 07.07.2026
Sardiniyada ish, 5 ming yevrogacha maosh: shifokorlar uchun qabul boshlandi
20:51 / 19.06.2026
«Italiya va men hech qachon yolvormaymiz» - Meloni Trampga keskin e’tiroz bildirdi
10:10 / 18.06.2026
O‘zbekistonlik shifokorlar Italiyada 5 ming yevrogacha maosh olishi mumkin
11:00 / 10.06.2026