Ukraina elchisi ruslar haqidagi so‘zlari uchun Qozog‘iston TIVga chaqirtirildi
Ukrainalik diplomat Petr Vrublevskiy Qozog‘iston TIVga chaqirtirilib, uning diplomatik vakillik darajasi avvalroq aytgan gaplariga to‘g‘ri kelmasligi ma’lum qilindi.
Ukraina elchisi Petr Vrublevskiy 23 avgust, seshanba kuni Qozog‘iston Tashqi ishlar vazirligiga uning qozog‘istonlik bloger Dias Kuzairovga bergan intervyusidagi bayonotlaridan so‘ng chaqirtirildi. Diplomatning aytishicha, Ukrainaning maqsadi - imkon qadar ko‘proq ruslarni o‘ldirish.
«Qozog‘iston tomoni bunday bayonotlar qabul qilinishi mumkin emasligi va xorijiy davlat elchisi faoliyatiga mos kelmasligi borasida o‘z pozitsiyasini bildirdi. Bunday harakatlar davlatlar o‘rtasidagi do‘stona munosabatlarga putur yetkazmasligi kerak», — deyiladi Qozog‘iston TIV saytidagi xabarda.
Ijtimoiy tarmoqlarda Vrublevskiyning intervyusidan bir parcha aks etgan video keng tarqaldi. «Biz hozir ruslarni qanchalik ko‘p o‘ldirsak, bizning bolalarimiz kamroq ularni o‘ldirishiga to‘g‘ri keladi», dedi diplomat unda. Unga ko‘ra, Ukraina «imkon qadar ko‘proq ruslarni o‘ldirmoqchi».
Respublika prezidenti huzuridagi maslahat organi bo‘lgan Qozog‘iston xalq assambleyasi elchining bayonotini qoraladi. «Tinchlik va hamjihatlik davlat siyosati va jamiyatni mustahkamlashning asosiy tamoyillari bo‘lgan mamlakatimizda bunday bayonotlar kimdan chiqishidan qat’i nazar, qabul qilib bo‘lmaydigan va nomaqbuldir», — deyiladi assambleya bayonotida.
Rossiya Tergov qo‘mitasi saytida 22 avgust kuni idora raisi Aleksandr Bastrikin qo‘mita markaziy apparatiga «qo‘zg‘atilgan jinoyat ishlari doirasida» Vrublevskiyning so‘zlariga huquqiy baho berish vazifasini topshirgani haqida xabar e’lon qilindi. Bu ish allaqachon qo‘zg‘atilganligini anglatadimi yoki yo‘qmi, hozircha noma’lum.
Ayni paytda, bir necha kun avval Rossiyaning Venadagi xalqaro tashkilotlarda doimiy vakili Mixail Ulyanov Avstriya Tashqi ishlar vazirligiga chaqirtirilgan edi. Bunga uning Twitter’dagi shov-shuvli bayonoti sabab bo‘lgan. «Ukraina aholisiga rahm-shafqat yo‘q», deb yozgan rossiyalik diplomat tvitda.
Ulyanov genotsidga chaqirayotgani haqidagi tanqid va ayblovlarga javoban o‘z qadamini faqat Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiyga munosabat sifatida tushuntirdi, unda Ukraina rahbari AQShga o‘z mamlakatiga taqdim etilgan harbiy yordam uchun minnatdorchilik bildirgandi.
RF doimiy vakilining so‘zlariga ko‘ra, Rossiya bilan mojaroni diplomatik yo‘l orqali hal qilishni rad etib, faqat g‘arb qurollarini to‘plashga e’tibor qaratgan holda, Ukraina hukumati o‘z aholisi haqida qayg‘urmayapti - shuning uchun u o‘z tvitini e’lon qilgan, keyinchalik uni o‘chirib tashladi.
Mavzuga oid
07:56
Pentagon Ukrainaga yordam uchun qolgan pul miqdorini e’lon qildi
21:13 / 12.11.2024
Sudjaliklar yana bir bor o‘z yaqinlari evakuatsiyasi uchun gumanitar yo‘lak so‘radi
20:43 / 12.11.2024
NATO bosh kotibi Ukrainadagi mojaro «trayektoriyasini» o‘zgartirishga chaqirdi
14:56 / 12.11.2024