Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston | 09:06 / 24.08.2022
9411
2 daqiqa o‘qiladi
Xususiy mulk huquqini himoya qilish usullari ma’lum qilindi
Foto: Depositphotos
Xususiy mulk huquqini himoya qilish bir qator yo‘llar bilan amalga oshiriladi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali yozmoqda.
Qayd etilishicha, ular quyidagicha:
- xususiy mulk huquqini tan olish;
- xususiy mulk huquqi buzilishidan oldingi holatni tiklash va xususiy mulk huquqini buzadigan yoki buzilishi xavfini tug‘diradigan harakatlar oldini olish;
- bitimni haqiqiy emas deb topish va haqiqiy emasligi oqibatlarini qo‘llash;
- davlat organi va boshqa organ yoki fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organi hujjatini haqiqiy emas deb topish;
- xususiy mulk huquqini mulkdor o‘zi himoya qilishi;
- burchni aslicha (natura) bajarishga majbur qilish;
- zarar o‘rnini qoplash;
- neustoyka undirish;
- ma’naviy ziyonni qoplash;
- xususiy mulk huquqi munosabatlarini tartibga solishda qonunchilik barqarorligini ta’minlash;
- davlat organi va boshqa organ yoki fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organi qonunga zid bo‘lgan hujjati sud tomonidan qo‘llanilmasligi;
- mol-mulk ayrim turlariga bo‘lgan xususiy mulk huquqi vujudga kelganini, o‘zgarganini va bekor qilinganini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lishMavzuga oid
11:15 / 02.07.2026
Zo‘ravonlik qurbonlariga qo‘shimcha huquqiy kafolatlar berildi
19:45 / 13.06.2026
Senat aholini shovqinning zararli ta’siridan himoya qilish to‘g‘risidagi qonunni ma’qulladi
18:00 / 25.05.2026
Renovatsiya: mulkdor nima talab qila oladi, nima esa majburiy emas?
19:00 / 07.04.2026