2026 yil 1 iyulda qabul qilingan ÖRQ–1156-sonli qonun bilan ayrim qonun hujjatlariga özgartiş va qöşimçalar kiritildi.
Qonunga muvofiq, milliy qonunçilikka «bolaning eng ustun manfaatlari» tuşunçasi hamda uni ta’minlaş kafolatlari kiritildi. Uşbu tuşunça bolaning oila muhitida tarbiyalanişi, xavfsizligi, soğliği, ta’lim olişi, har tomonlama kamol topişi, şaxsiy daxlsizligi, şa’ni va qadr-qimmati, şuningdek, uning fikrini inobatga olgan holda belgilanadigan boşqa manfaatlarni qamrab oladi.
Şuningdek, Ijtimoiy himoya milliy agentligi tizimidagi taşkilotlar, jumladan, Ayollarni reabilitatsiya qiliş va moslaştiriş markazlariga tazyiq va zöravonlikdan jabrlanganlar manfaatlarini közlab davlat boji tölamasdan sudlarga da’vo arizalari kiritiş hamda sud majlislarida ularning vakili sifatida iştirok etiş vakolati berildi.
Qonun bilan yana bir muhim yangilik joriy etildi. Endi tazyiq va zöravonlikdan jabrlangan şaxs maxsus markazga joylaştirilgan taqdirda, bu holat unga bir oygaça bölgan muddatga vaqtinça mehnatga layoqatsizlik varaqasini rasmiylaştiriş uçun asos hisoblanadi.
Mazkur qonun rasmiy e’lon qilingan kundan boşlab kuçga kirdi.












