Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston qo‘lga tegadigan «toza» ish haqi bo‘yicha reytingda 96-o‘rinni egalladi
O‘rtacha oylik «toza» ish haqi bo‘yicha mamlakatlar reytingida, Numbeo ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston 106 mamlakat ichida 96-o‘rinni egallagan. Mamlakatda sof ish haqi 278,79 AQSh dollarini tashkil qilgan. Ba’zi Afrika mamlakatlarida, Bangladesh, Venesuela, Pokiston, Nepal va Shri-Lankada kamroq ish haqi olish mumkin.
Reytingga ko‘ra, MDH davlatlari orasida «toza» ish haqi bo‘yicha eng past ko‘rsatkich ham O‘zbekistonda qayd etilgan.
Qozog‘iston 77-, Belarus 72- va Rossiya 47-o‘rinni egalladi. Qirg‘iziston, Turkmaniston va Tojikiston bo‘yicha ma’lumotlar yo‘q. Ozarboyjon 90-o‘rinda, Armaniston esa 73-o‘rinda qayd etildi.
Bir necha yildan beri sanksiyalar ostida qolib kelayotgan Eron 93-o‘rinni egalladi.
Eng yuqori maosh Shveytsariya, Singapur, Avstraliya, AQSh va BAAda, eng pasti esa Nepal, Venesuela, Nigeriya, Pokiston va Shri-Lankada qayd etilgan.
Numbeo reytingi ochiq ma’lumotlarga asoslanadi.
Ayni paytda O‘zbekistonda eng kam ish haqi miqdori 920 ming so‘mni yoki Markaziy bankning rasmiy kursi bo‘yicha (25 avgust holatiga ko‘ra) 84 dollardan ortiqni tashkil qiladi.
Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2022 yilning yanvar-iyun oylarida respublika bo‘yicha o‘rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqi 3,5 mln so‘mni yoki 324 dollardan ortiqni tashkil qildi.
Mavzuga oid
20:56 / 06.07.2026
O‘zbekistonda uyushgan jinoyatchilik darajasi past, ammo muammolar saqlanib qolmoqda - tadqiqot
08:43 / 06.07.2026
Dunyoning eng yirik iqtisodiyotlari reytingi e’lon qilindi
20:55 / 25.06.2026
O‘zbekiston bola huquqlari xalqaro reytingida 96-o‘rinni egalladi
08:30 / 24.06.2026