Andijonda imtiyozli kredit asosida aholiga tarqatilgan qizil tovuqlar nobud bölayotgani mojarosi ortidan, Namanganda ham tovuq bilan boğliq vaziyat mavjudligi haqida tahririyatimizga xabar kelib tuşdi.
Ma’lum bölişiça, 2022 yil fevral oyida Namangan viloyatining bir qator hududlarida xalq deputatlari mahalliy kengaşlari qarori bilan «Saxovat va kömak» jamğarmasidan 500 million sömdan pul köçirilgan.
Jamğarmadan Mingbuloq, Namangan, Norin, Uçqörğon, Uyçi, Yangiqörğon tumanlari hamda Namangan şahrida 500 million, Pop tumanida 400 million söm mablağ «Golden egg of Namangan» MÇJga köçirib berilgan. Ayrim qarorlarda mazkur korxona nomi körsatilmagan bölsa-da, pul baribir şu korxonaga köçirilgani ma’lum böldi.
Mazkur mablağ evaziga turli daftarlarda turadigan kam ta’minlangan oilalarga tuxum quyadigan bepul tovuq va parranda uçun yem berilişi nazarda tutilgan.
Tahririyatimiz ixtiyoriga Uyçi tumanida ana şunday tovuqlar tarqatilgan röyxat ham kelib tuşdi. Röyxatdagilar bilan gaplaşganimizda, bu oilalarning birortasi tovuq olmaganini ta’kidladi. Bu esa turli şubha va gumonlar paydo bölişiga sabab böldi. Şu sababli Kun.uz ijodiy guruhi jurnalistik suriştiruv ötkaziş uçun Namangan viloyatiga yöl oldik.
Suriştiruvimizni dastlab Uyçi tumanidan boşladik. Biz Soku, Gulboğ va Hurriyat mahallalarida böldik. Röyxatda mavjud oila vakillari bilan suhbatlaşdik. Ularga bu yil hisobidan heç qanaqa tovuqlar berilmaganini ma’lum qilişdi.
Suriştiruv davomida Gulboğ mahallasidagi oilalardan biriga tovuq berilgani, lekin ular bizda mavjud röyxatda yöqligi ma’lum böldi. Hilola Buvayevaga yaqin bir-ikki oy içida 37 ta tovuq berilgan ekan.
Hilola Buvayeva
Şundan söng biz Uyçi tuman hokimligida bölib, tuman hokimining birinçi örinbosariga yuzlandik. U tovuqlar hamon tarqatilayotganini ta’kidlab, şu paytgaça tovuqlarni qabul qilib olgan oilalarning röyxatini taqdim etdi. Biz Gulboğ mahallasida körgan, tovuq olgan oila ham röyxatda borligiga amin böldik. Hokim örinbosari yangi tayinlangani sababli ta’minotçi korxona qanday tanlangani bilan boğliq savolimizga javob berolmadi.
Mavzuga oid
Biz Namangan şahrida va Namangan tumanida ham böldik. Hokimning birinçi örinbosarlari bu boradagi işlar haqida gapirib berişdi.
Xususan, Namangan şahar hokimining birinçi örinbosari Rustam Isoqov mablağni xalq deputatlari şahar kengaşi qarori bilan köçirganmiz dedi. Vaholanki, kengaş qarorida «Golden egg of Namangan» MÇJga pul köçiriş haqida gap-söz yöq. Biroq mablağ aynan öşa korxonaga köçirilgan. Bu holatni Isoqov izohlay olmadi.
Rustam Isoqov
Qaror ijrosi böyiça xalq deputatlari Namangan şahar kengaşi kotibiyat mudiri Nosirjon Ubaydullayev bilan suhbatlaşdik. Qarorda bir muhim jihat bor: parranda tarqatiladigan kambağal oilalar röyxati kengaş tasdiğiga kiritilişi kerak. Ya’ni deputatlar hududlarda haqiqatda ehtiyojmand oilalarni biladi, taniydi. Ta’bir joiz bölsa, aslida muhtoj oilalarni har bir deputat öz hududidan tanlab, tasdiqlab, tavsiya qilişi maqsadga muvofiq. Biroq kotibiyat mudiri bilan suhbatimiz davomida angladikki, ularga oilalar röyxati taqdim qilinmagan. Qaror ijrosi ayni vaqtda qaysi jarayonda ekani bilan boğliq savollarimizga tayinli javob bölmadi.
Nosirjon Ubaydullayev
Şahar kengaşi qarorida «Golden egg of Namangan» MÇJga pul köçiriş körsatilmagani, biroq uşbu jamiyatga mablağ tölab berilgani bu jarayon xalq vakillari – deputatlar irodasi bilan amalga oşgani yoki qonun-qoidalarga töğri kelişini şubha ostiga qöyadi.
Namangan tumanida ham hali parranda tarqatib bölinmagan. Tuman hokimining birinçi örinbosari A’zamjon Ahmadaliyev parranda iyul oyida tarqatilgani va bitta tovuqning narxi 90-100 ming sömdan tuşayotganini bildirdi. Bundan taşqari, uning ozuqasi uçun ham qöşimça mablağ tölangan.
A’zamjon Ahmadaliyev
Ma’lum bölişiça, tovuqlarni iyun oyining oxiri, iyul oyining boşlarida tarqatiş boşlangan. Biz tumanlar taqdim etgan röyxat böyiça tovuq olganlar bilan suhbatlaşganimizda, ular bir oyning nari berisida tovuqlar berilganini aytib ötişdi.
Adolat yuzasidan aytiş kerakki, tovuq olganlar tovuqlar tekin berilgani, yemi ham berilgani, veterinarlar kelib emlab ketişganini ham ta’kidlaşdi.
Biz «Golden egg of Namangan» MÇJ joylaşgan hududga ham borib, bermoqçi bölgan savollarimizga javob ola bilmadik. Rahbarlar Toşkentda degan vajni eşitdik.
Şundan söng Kosonsoy tumanida oilaviy tadbirkorlikni rivojlantiriş masalalari bilan maşğul bölib turgan viloyat hokimining birinçi örinbosari Tolibjon Yusupov bilan körişdik.
Yusupov viloyatda parrandaçilikni rivojlantiriş, aholini kambağalçilikdan çiqariş borasida qilinayotgan işlarni sözlab berdi. Hokim örinbosari barça tumanlar emas, faqat parrandaçilikni rivojlantiriş salohiyati bor tumanlardan pul köçirilganini aytdi.
Yusupov tovuq tarqatiş nega tört-beş oyga keçikib ketganini hokim yordamçilarining aholi örtasidagi sörovi, örganişi va odamlarning aynan xonaki qora tovuq talab qilgani bilan izohladi.
Aytiş lozimki, hokim örinbosari bu izohi bilan mavjud vaziyatni özi inkor etdi. Agar hokim yordamçilari aholi talabini örgangandan keyingina qora tovuq tarqatiş maqsad qilingan bölsa, nega yil boşidanoq bitta MÇJga pul köçiriş töğrisida qarorlar qabul qilingan? Nega aynan 500 mln sömdan? Axir öşa vaqtda qanday tovuqqa talab bölişi, uning narxi, parrandani qaysi korxonadan oliş haqida hokimliklarda ma’lumot bölmagan-ku.
Demak, Yusupov kamida bizga yolğon gapirdi yoki tovuqlar tarqatiş keçikib ketgani sababini izohlaş uçun unda asosning özi yöq.
Va eng asosiysi, viloyatda bevosita iqtisodiy masalalar, kambağallikni kamaytirişga mas’ul bölgan Tolibjon Yusupov bu xatti-harakatlar monopoliyaga olib borişi va buning turgani bitgani iqtisodiy tanglikka olib borişini tan olmadi. Qator tumanlar YuQORIDAN maxsus topşiriq olgandek bitta MÇJga avans taşlab berişini tabiiy qabul qildi. Bu holatni viloyatda bunday katta buyurtmani qabul qila oladigan boşqa korxona yöqligi bilan izohlab qöya qoldi. Vaholanki, uşbu korxona ham talabgorlarni tovuqlar bilan öz vaqtida ta’minlab berolmayapti.
Savol tuğiladi: axir halol va adolatli yöl bilan budjet pullariga egalik qiliş uçun barça tadbikorlar haqli emasmi? Yoki birida bor imkoniyat boşqalarida yöqmi? Tuxumi qimmatbaho va şifobaxş bölgan xonaki qora tovuq yetiştiriş boşqalarning qölidan kelmaydimi?
Biz parrandaçilik bilan şuğullanuvçi mahalliy tadbirkor “Doniyorbek oltin parranda” MÇJ rahbari Ilyosxon Darveşovga yuzlanganimizda, u ham qora zotli tovuqlarni öşa narxlarda yetkazib bera olişini ma’lum qildi. Farqi şundaki, bu kabi korxonalar «Golden egg of Namangan» MÇJ kabi yirik bölmagani uçun ularga imtiyozlar berilmaydi. Ular faoliyatini kengaytirişi, rivojlanişi uçun banklar eşigida sarğayadi, baland foizli kreditlar olişga majbur böladi. Vaholanki, foizsiz öşa mablağlarni tuman-şaharlar öz hududidagi parrandaçilik korxonalariga ötkazib berganida ham jarayon ançagina şaffof bölardi. Kamiga hududlarda parrandaçilik bilan şuğullanayotgan tadbirkorlar faoliyati qöllab-quvvatlangan bölardi.
Ilyosxon Darveşov
Albatta, prezident topşiriği bilan temir daftar, ayollar daftariga kiritilgan oilalarni tadbirkorlikka örgatiş yaxşi, lekin nima uçun qandaydir korxonalar bu iş ortidan qölini isitib olişi kerak?
Tumanlar bir kunda bir xil summada mahalliy budjetning orttirilgan qismidan mablağ ötkaziladigan «Saxovat va kömak» jamğarmasidan parrandaçilik bilan şuğullanuvçi xususiy firmaga bir xil miqdorda pul ötkazgani viloyat darajasida topşiriq berilganidan dalolat berib turibdi.
Eng açinarlisi, tumanlar va Namangan şahridagi mahalliy kengaşlarda mana şu savolni örtaga taşlaydigan biror deputat topilmagani. Boz ustiga, ular özlari qabul qilgan qaror qay tarzda amalga oşirilayotgani, ijrosi qay ahvolda ekaniga qiziqmagani – bu deputatlar şunçaki tepadan tuşirilgan topşiriqlarni tasdiqlab beruvçi “qöl” ekanligidan nişona emasmi?
Biz bilan suhbatda biror bir mutasaddi «Golden egg of Namangan» yetkazib berayotgan tovuqlarning narxi qanday şakllangani haqida asosli fikr berolmadi. Agar jamiyat yetkazib berayotgan tovuqlar haqiqatan tilla tuxum qöygan taqdirda ham bunday imtiyozlar nomaqbul ekanini mas’ullar negadir tuşunişni istaşmayapti. Aksinça, Namanganda parranda monopoliyasi şakllanişi, boşqalarga imkoniyat qoldirmaslik uçun barça harakatlar qilinmoqda. Yangi, yoş tadbirkorlar bu maydonga kiriş u yoqda tursin, yaqinlaşişi ham dargumon.
Gapning indallosini aytganda, bu holat – viloyat rahbariyati tomonidan qöllab-quvvatlanayotgan monopoliya. Naqadar ezgu niyatlarda qilinayotgan bölmasin, bu iş adolatga va mavjud qonun-qoidalarga töğri kelmaydi.
Budjet pullari qanday qilib tuya qilinayotgani esa alohida örganiş talab qiladigan mavzu. Bunga Boş prokuratura va Hisob palatasi ham qarab turmasa kerak. Yana kim bilsin...