Andijonda ehtiyojmand oilalarni «daromadli qiliş» uçun tarqatilgan tovuqlar tuxum qilmayapti, yangi şaroitga moslaşa olmay, nobud bölyapti. «Daromadli böliş»ni umid qilgan aholi esa, aksinça, qarzga botmoqda. Ma’lumotlarga köra, tez kunlarda viloyatda loyihaning ikkinçi bosqiçi boşlanib, aholiga yana 200 ming dona tovuq tarqatilişi rejalaştirilgan.

Biroq viloyatning turli hududlaridan töxtovsiz kelayotgan murojaatlar odamlarning tovuq boqib, muammolar içida qolib ketganini körsatmoqda. Murojaatçilar safiga tovuq boqişga mas’ul bölgan kooperativçilar ham qöşilgan. Kooperativ egalari tovuqlar umuman boqişga yaroqsiz ekanligini bildirib, yakunda aholi kreditni tölay olmasligi aniq ekanligini ta’kidlaşyapti.

Kun.uz samara bermayotgan loyiha yeçimi yuzasidan suriştiruv ötkazib, tovuq boqayotgan murojaatçilar, tovuq tarqatib mahsulot oluvçi kooperativ mas’ullari bilan suhbatlaşdi.

«Zarardamiz. Jonivorlarni uvolidan qörqib boqyapmiz»

Kooperativçilar bizni öz hududlaridagi parranda boqişni orzu qilib, muammo içida qolgan xonadonlarga olib kirişdi. Oltinköl tumani Ijtimoyat mahallasida yaşovçi Muhammadnosir Şaropov 200 dona tovuq olgan. Şundan 40 donasi ölgan. 50 donasini kooperativga qaytarib berib, hozirda 100 dona tovuq boqmoqda.

«Eçkimni sotib joy qildim. Lekin heç foyda yöq, faqat zarar. «Tovuqlar uçun joyni yerga emas, tepaga qiling», deyişdi. Qildim. Baribir kasallanib ölyapti. Ularga kuniga 47 ming sömlik yem olaman, 25 ming sömlik tuxum qilyapti. Afsuski, tirikçilikning pulini ham şu tovuqlarga yediryapmiz.