«Rosatom»ga Vengriyadagi AES bloklarini qurishga ruxsat berildi
Vengriya Atom energiyasi milliy boshqarmasi litsenziyalash jarayonini yakunladi. «Rosatom» 5- va 6-«Paksh» energobloklarini qurish uchun ruxsat oldi.
Rossiyaning «Rosatom» atom energiyasi davlat korporatsiyasi Vengriyadagi «Paksh» atom elektr stansiyasi (AES)ning 5- va 6-energobloklarini qurish uchun ruxsat oldi. Vengriya Atom energiyasi milliy boshqarmasi 25 avgust, payshanba kuni ishlarni amalga oshirish uchun litsenziya berish bo‘yicha ma’muriy tartib-qoidalar tugaganini e’lon qildi.
Ruxsatnoma 10 yil muddatga berilgan. Bloklarning qurilishi 2022 yil oktabr oyida boshlanishi mumkin.
«Paksh» AES 1980-yillarda sovet texnologiyasidan foydalangan holda qurilgan. Bu - Vengriyadagi yagona atom elektr stansiyasi. Unda mamlakatdagi energiyaning 40 foizdan ortig‘i ishlab chiqariladi.
Iyul oyida Vengriya tashqi ishlar va tashqi iqtisodiy aloqalar vaziri Peter Siyyarto Istanbulda «Rosatom» rahbari Aleksey Lixachev bilan uchrashuvdan so‘ng 12,5 milliard yevroga baholangan va dastlab 80 foizi Rossiya krediti hisobidan amalga oshirilishi kerak bo‘lgan loyihani Moskva moliyalashini tasdiqlagan edi. 2021 yilda tomonlar Rossiyaning davlat krediti muddatini 2030 yilgacha uzaytirish to‘g‘risida kelishuv imzoladi. Siyyartoning qayd etishicha, atom energetikasi Ukrainadagi urush munosabati bilan Yevropa ittifoqining Rossiyaga qarshi kiritgan sanksiyalari ro‘yxatiga tushmaydi.
2017 yilda Yevropa ittifoqi Rossiya-Vengriya loyihasiga ikkita yangi energoblokni qurishga ruxsat berdi. «Bizning surishtiruvimiz davomida Vengriya hukumati bir qator majburiyatlarni oldi, u bizga Yevropa ittifoqi davlat investitsiyalari qoidalariga muvofiq ushbu sarmoyaga ruxsat berishga imkon yaratadi», dedi o‘sha paytdagi Yevropa raqobat komissari Margrete Vestager 2017 yil mart oyida.
Shu tariqa, Yevrokomissiya Vengriyaning rejalari YeI ichki bozorlarida raqobatni saqlash yo‘nalishiga zid emasligini tan oldi.
Tavsiya etamiz
O‘zbekistonliklarni haqoratlagan tiktoker qamoqqa olindi
Jamiyat | 09:52 / 10.04.2025
Xitoy o‘z fuqarolarini AQShga bormaslikka chaqirdi
Jahon | 22:59 / 09.04.2025
Savdo urushlari: Trampning maqsadi nima?
Jahon | 19:21 / 09.04.2025
10 kunda 5 holat: Toshkentda liftda qamalib qolish ko‘paymoqda
Jamiyat | 18:07 / 09.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
AQSh Kongressiga Rossiya neftini musodara qilish to‘g‘risidagi qonun loyihasi kiritildi
Jahon | 10:05
-
Toshkent metrosida poyezd harakat tarkibida texnik nosozlik yuz berdi
Jamiyat | 10:00
-
AQShda dronlarga qarshi mikroto‘lqinli qurol sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazildi
Jahon | 09:50
-
Transportni piyodalar yo‘laklaridan yurgizganlik uchun javobgarlik belgilandi
Jamiyat | 09:45
Mavzuga oid

18:09 / 03.04.2025
Vengriya Xalqaro jinoiy suddan chiqishini e’lon qildi

09:42 / 03.04.2025
Netanyahu Haaga sudi orderiga qaramay Vengriyaga keldi

16:59 / 26.03.2025
«O‘zatom» va «Rosatom» O‘zbekistonda yirik quvvatli AES qurishni muhokama qildi

16:46 / 14.03.2025