Jahon | 23:27 / 26.08.2022
13820
1 daqiqa o‘qiladi

Vladimir Putin Gurbanguli Berdimuhamedovni orden bilan mukofotladi

Putin imzolagan farmonda aytilishicha, Berdimuhamedov «Rossiya va Turkmaniston o‘rtasidagi strategik hamkorlikni mustahkamlashga qo‘shgan ulkan hissasi uchun» mazkur orden bilan mukofotlangan.

Foto: RIA Novosti

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Turkmaniston sobiq prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedovni «Vatan oldidagi xizmatlari uchun» IV darajali ordeni bilan mukofotladi.

Putin imzolagan farmonda aytilishicha, Berdimuhamedov «Rossiya va Turkmaniston o‘rtasidagi strategik hamkorlikni mustahkamlashga qo‘shgan ulkan hissasi uchun» mazkur orden bilan mukofotlangan.

Turkmaniston sobiq prezidenti 29 iyun kuni 65 yoshni qarshi oldi. U 2007 yildan 2022 yilgacha mamlakatga rahbarlik qilgan.

Berdimuhamedovning o‘rnini uning o‘g‘li Sardor egalladi.

Gurbanguli Berdimuhamedov xalq maslahati milliy kengashi (parlament yuqori palatasi) raisi hisoblanadi.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid