O‘zbekiston | 15:36 / 27.08.2022
7669
1 daqiqa o‘qiladi

Bayram kunlari «Afrosiyob» poyezdining qo‘shimcha qatnovlari yo‘lga qo‘yiladi

Bayramoldi va bayram kunlari "Afrosiyob" poyezdlarining qo‘shimcha qatnovlari yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda Transport vazirligi xabar berdi.

Foto: O‘zbekiston temir yo‘llari

O‘zbekiston davlat mustaqilligi 31 yilligini nishonlash munosabati bilan "O‘zbekiston temir yo‘llari" tomonidan bayramoldi va bayram kunlari yo‘lovchilar uchun qo‘shimcha qulaylik yaratish maqsad qilingan.

Qayd etilishicha, Samarqand – Toshkent – Samarqand yo‘nalishida "Afrosiyob" yuqori tezlikdagi elektropoyezdlari harakatiga 2022 yil 29 avgustdan 4 sentabrgacha 1 tadan reys qo‘shiladi va jami 7 ta reysni tashkil etadi.  

Qo‘shimcha ma’lumotni Toshkent shahridagi 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temiryo‘l kassalari hamda ma’lumotlar byurosidan bilib olish mumkin. 

Mavzuga oid