Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
DXX xodimlari uch nafar advokatni qo‘lga oldi
Toshkentda advokat 23 ming dollar pora olayotganida ushlandi
Davlat xavfsizlik xizmati advokatlarning noqonuniy harakatlariga chek qo‘ydi.
Toshkent shahridagi advokatlik firmasi advokati, 1985 yilda tug‘ilgan shaxs o‘zining yuqori lavozimlarda ishlovchi tanishlari orqali tadbirkorga MChJda o‘tkazilgan kameral soliq tekshiruvi natijasida aniqlangan huquqbuzarliklar yuzasidan moliyaviy jarima qo‘llamaslik evaziga 23 ming AQSh dollari talab qilib, mazkur pul mablag‘ini olgan vaqtda ushlandi.
Toshkent shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbirda Mirzo Ulug‘bek tumanidagi advokatlik firmalaridan birining advokati fuqarodan 12 ming AQSh dollari olgan vaqtda ushlandi.
Ma’lum bo‘lishicha, advokat go‘yoki mansabdor tanishlari imkoniyati orqali fuqaroning turmush o‘rtog‘iga nisbatan tayinlangan ozodlikdan mahrum etish jazosini boshqa yengil turdagi jazoga o‘zgartirib berish evaziga 9 ming AQSh dollari hamda fuqaroga muqaddam yuridik xizmatlarni ko‘rsatgani uchun advokatlik to‘lovlarini amalga oshirgan bo‘lishiga qaramasdan, sudga xarajat qilganini ro‘kach qilib, tamagirlik yo‘li bilan qo‘shimcha 3 ming AQSh dollari talab qilgan.
Samarqand shahridagi advokatlik firmasi advokati sud idoralaridagi mansabdor tanishlari orqali fuqaroning Toshkent viloyatidagi jazoni ijro etish muassasasida jazoni o‘tayotgan turmush o‘rtog‘iga nisbatan boshqa yengilroq jazoga almashtirish masalasini hal qilib berish evaziga undan 10 ming AQSh dollari berishni talab qilgan.
DXX tomonidan IJQK departamenti hamkorligida Toshkent shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbirda advokat so‘ralgan pul mablag‘ini olgan vaqtida qo‘lga olindi.
Hozirda barcha holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
08:26 / 25.06.2026
5 kilogrammdan ortiq gashish, marixuana va minglab dori vositalari aniqlandi
10:00 / 17.06.2026
Sud jarayonlarida advokatlar vakolatlari kengaytirilishi mumkin
09:05 / 17.06.2026
Afg‘onistondan olib kirilgan 37,6 kg giyohvandlik vositalari fosh etildi
10:57 / 12.06.2026