Ekspertlar jahon va O‘zbekistondagi hozirgi oziq-ovqat inflatsiyasini tahlil qildi
Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti mutaxassislari jahon va O‘zbekistondagi hozirgi oziq-ovqat inflatsiyasini tahlil qildi.
Bildirilishicha, ayni chog‘da jahon oziq-ovqat bozori ancha beqaror. Jahonda oziq-ovqat mahsulotlari narxi birdaniga ko‘tarilishi 2020 yil may oyida koronavirus pandemiyasi boshlangan paytga to‘g‘ri keldi va hozirda ham narxlar ancha balandligicha qolmoqda.
BMT Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, 2022 yil mart oyida oziq-ovqat mahsulotlari narxi 1990 yildan keyingi eng yuqori darajaga ko‘tarilgan. 2022 yil iyul oyida BMT Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti oziq-ovqat narxlari o‘rtacha indeksi keskin tushishi qayd etildi. U 140,9 punktni tashkil etdi. Bu iyun oyidagi ko‘rsatkichdan 8,6 foiz past. Biroq, u hamon yanvar oyidagi ko‘rsatkichdan 3,9 foiz, bir yil avvalgi ko‘rsatkichdan esa 13,1 foiz yuqoriligicha qolmoqda.
2022 yil iyul oyida oziq-ovqat tovarlari iste’mol narxlari indeksi o‘sishi 2021 yil dekabr oyidagiga nisbatan 7,7 foizni tashkil qildi. Narxlar o‘sishiga qaramasdan, mintaqadagi boshqa ko‘plab mamlakatlardan farqli o‘laroq, O‘zbekiston oziq-ovqat inflatsiyasini 10 foizdan pastroq darajada ushlab turishga muvaffaq bo‘ldi.
2022 yil so‘ngiga qadar uy parrandasi go‘shti, bug‘doy uni, g‘alla va o‘simlik yog‘ini olib kirish uchun nol stavkali bojxona boji belgilandi.
Respublika aholisi alohida turdagi oziq-ovqat tovarlariga bo‘lgan ehtiyojini ta’minlash maqsadida 2022 yil 1 mayidan 2023 yil 1 yanvarigacha 22 turdagi iste’mol va oziq-ovqat tovarlari, baliq, sut mahsulotlari, banan, sitrus mevalar, qahva, sariyog‘, tuxum va boshqalarni olib kirish uchun nol stavkali bojxona boji belgilandi.
Oziq-ovqat mahsulotlari importi rivojlanishi respublikada oziq-ovqatdan foydalanish va ular xilma-xilligi uchun qo‘shimcha rag‘batni ta’minlayotgani aytiladi. 2022 yil yanvar-iyun oylarida oziq-ovqat tovarlari importi 1,6 mlrd dollarni tashkil qildi. Bu 2021 yil shu davriga nisbatan 35,8 foiz ko‘p demakdir.
Mavzuga oid
13:41 / 02.11.2024
Toshkent viloyatida bolalar uchun berilgan oziq-ovqatni bog‘chadan olib ketayotgan mudira ushlandi
08:10 / 02.11.2024
Oktyabr oyida inflatsiya 1 foizdan past bo‘ldi
17:13 / 01.11.2024
Prezident bozorlarda narxlarni barqarorlashtirish bo‘yicha tezkor choralar ko‘rishni buyurdi
19:37 / 31.10.2024