Jahon | 18:30 / 27.08.2022
9779
1 daqiqa o‘qiladi

Germaniyadagi savdo markazlarida energiyani tejash uchun eskalatorlar o‘chirib qo‘yilmoqda

Germaniyadagi qator savdo markazlarida elektr energiyasini tejash uchun eskalatorlar o‘chirib qo‘yilmoqda.

Foto: Reuters

Xabar qilinishicha, Saturn hamda Galeria Karstadt Kaufhof tarmog‘iga qarashli savdo markazlari eskalatorlar ishlashini to‘xtatib qo‘yishni boshlagan.

"Biz mijozlarga noqulaylik tug‘dirmagan holda hamma yerda elektr energiyasini tejamoqdamiz", - dedi Galeria Karstadt Kaufhof tarmog‘i vakili.

ECE savdo giganti ham ertalab va kechki vaqtda eskalatorlarni o‘chirib qo‘ymoqda.

IKEA do‘konlar tarmog‘i vakili eskalatorlarni o‘chirish va "energiyani tejashning boshqa yo‘llari"ni topish imkoniyati o‘rganilayotganini aytdi.

Rossiyadan gaz yetkazilishi to‘xtashi ehtimoli sababli Germaniyada qishda  energetika inqirozi yuz berishi taxmin qilinmoqda.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid