Toshkent – London reysi yo‘lovchilarining yuklari qolib ketdi
Yo‘lovchilar Londonga, ularning bagaji boshqa joyga uchirib yuborilgani haqida xabar tarqaldi. Uzbekistan Airways izohiga ko‘ra, bunga Airbus A320neo samolyotining “cheklangan tijorat yuklanishi” sabab bo‘lgan. Yuklar hozir Toshkent aeroportida ekani va yo‘lovchilar aytgan manzilga yetkazib berilishi ma’lum qilindi.

Airbus A320neo samolyoti Toshkent aeroportida / Foto: Kun.uz
28 avgust kuni Toshkent – London yo‘nalishidagi HY-201 aviaqatnovida yo‘lovchilarning yuklari o‘z manziliga yetkazilmadi.
Bu haqda ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabardan keyin kompaniya bergan izohga ko‘ra, bunga Airbus A320neo samolyotining “cheklangan tijorat yuklanishi” sabab bo‘lgan.
“Bortga yuklanmagan yuklarning umumiy soni 119 o‘rinni tashkil etadi, bu esa 2210 kg miqdorida bo‘lganini anglatadi. Ayni paytda HY-201 reysi yo‘lovchilarining yuklari Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida joylashgan bo‘lib, 30 avgust kuni HY-201 reysi bilan Londonga yetkaziladi”, – deyiladi rasmiy xabarda.
Qo‘shimcha qilinishicha, yuklar barcha yo‘lovchilarga ko‘rsatilgan manzil bo‘yicha yetkazib berish xizmati tomonidan bepul yetkazib beriladi.
Kompaniya keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘ragan.
Shu bilan birga, rasmiy axborotda yo‘lovchilarning yuklari boshqa davlatga uchirib yuborilgani haqidagi gap-so‘zlarga izoh berilmagan. Bundan tashqari, reys 2 soat kechikib uchganiga oid da’vo ham ochiq qoldirilgan.
- Uzbekistan Airways'ga ko‘ra, yuqoridagi holat bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot uchun HY-201 aviaqatnovi yo‘lovchilari aviakompaniyaning Londondagi vakolatxonasiga 02070342090 raqami yoki Lon@uzairways.com va London@uzairways.co.uk elektron pochta manzillari orqali murojaat qilish mumkin.
Tavsiya etamiz
Urush boshlandi, Netanyahu eronliklarni isyonga chorladi – hafta dayjesti
Jahon | 20:41 / 15.06.2025
«Siti» va «Real»da qayta qurish boshlandi. Yozning ilk haftalaridagi transferlar
Sport | 18:12 / 15.06.2025
AQSh–Eron muzokaralari taqdiri nima bo‘ladi?
Jahon | 23:29 / 14.06.2025
Parkentda 3 bola suvga cho‘kib halok bo‘ldi
Jamiyat | 20:35 / 14.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘zbekistonda Toshkent – Bali yo‘nalishida tarixdagi birinchi to‘g‘ridan to‘g‘ri reys yo‘lga qo‘yilmoqda
Jamiyat | 19:00
-
Tramp Erondan «so‘zsiz taslim bo‘lishni» talab qildi
Jahon | 21:59
-
Hindiston Pokistonga oqadigan daryolarning «ortiqcha suvini» o‘z hududiga yo‘naltirmoqchi
Jahon | 21:50
-
Dunyodagi eng yaxshi aviakompaniyalar reytingi tuzildi
Jahon | 21:13
Mavzuga oid

15:21 / 13.06.2025
Londonda "O‘zbekiston huquq kuni" biznes-forumi tashkil etiladi

00:11 / 13.05.2025
Londonda Rossiya josuslik tarmog‘i rahbari 10 yilga qamaldi

10:17 / 10.05.2025
London va Skandinaviya Ukrainada o‘t ochishni to‘xtatishga chaqirdi

20:05 / 04.05.2025