Jahon | 07:43 / 29.08.2022
29350
3 daqiqa o‘qiladi

Ukraina «ukrainalikning bosh suyagi» tasvirlangan video tufayli BMTga murojaat qildi

Rossiyalik yollanma jangchi Igor Mangushev qo‘lida bosh suyagi bilan stendap uyushtirdi va u «Azovstal» himoyachisining «qoldiqlari» ekanligini aytdi. Ukraina BMTga murojaat qildi. 

Dmitriy Lubinets

Ukraina parlamentining inson huquqlari bo‘yicha komissari Dmitriy Lubinets rossiyalik yollanma jangchi Igor Mangushevning o‘zi ta’kidlaganidek, «Azovstal»ning o‘ldirilgan himoyachisi bosh suyagini namoyish etayotgan videosi yuzasidan Rossiyaning Ukrainadagi ehtimoliy harbiy jinoyatlarini tergov qiluvchi BMT komissiyasiga murojaat qildi. «Men bu video haqida BMT Tergov komissiyasining faktlarni aniqlash guruhi rahbari Ole Solvangga xabar berganman va Ukraina Bosh prokuraturasi bilan bog‘lanish niyatidaman», — deb yozdi Lubinets 28 avgust, yakshanba kuni Facebook’da.

«YeNOT» XHK asoschisi va o‘zini «siyosiy strateg» deb ataydigan Mangushev qo‘lida bosh suyagi bilan stendap uyushtirdi. Ilgari ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan kadrlarda u o‘ldirilgan ukrainalik askarning qoldiqlari ekanligini va Rossiya «Ukraina g‘oyasi bilan» urushayotganini da’vo qilgandi. O‘z nutqida rus millatchilik harakati negizida tuzilgan XHK asoschisi Ukrainaga qarshi boshqa bayonotlar bilan ham chiqdi. U «Ukraina deukrainizatsiya qilinishi kerak» va «o‘zini ukrainalik deb hisoblagan har bir kishi yo‘q qilinadi», deb ta’kidladi. 

Dmitriy Lubinetsning so‘zlariga ko‘ra, bunday «harbiy mavzudagi stendap» va Mariupol marhum himoyachisining «qoldiqlari»ni namoyish qilishning yagona maqsadi - «o‘lgan va bedarak yo‘qolganlarning qarindoshlariga navbatdagi og‘riq yetkazish». «Ruslar o‘zlarining targ‘ibotchilari orqali tinch aholini qirg‘in va aholi punktlarini vayron qilishlarini oqlab, Ukraina xalqini insoniylikdan mahrum qilishda davom etmoqda», — dedi u. 

Ombudsman urushda halok bo‘lganlarning jasadlariga, harbiy yoki fuqaro bo‘lishidan qat’i nazar, hurmat bilan qarash kerakligini eslatdi. «O‘lganlarni hurmat qilish nafaqat insonparvarlik va o‘lganlarning yaqinlariga g‘amxo‘rlik qilishdir. Bu xalqaro standartlar, ularning amalga oshirilishi - o‘lganlar bedarak yo‘qolganlar ro‘yxatiga qo‘shilmasligini kafolatlaydi», deb ta’kidladi Lubinets. 

Mavzuga oid