Jahon | 23:06 / 31.08.2022
9001
1 daqiqa o‘qiladi

Argentinada noma’lum virusdan bir kishi vafot etdi va to‘rt kishi shifoxonaga yotqizildi

Barcha bemorlarda ikki tomonlama zotiljam kuzatilmoqda. Tekshiruvlarda ularning koronavirus, A va B grippi, xantavirus va boshqa infeksiyalar bilan zararlanmaganligi ma’lum bo‘ldi. 

Argentinaning Tukuman provinsiyasida noma’lum virusdan bir kishi vafot etdi va to‘rt kishi shifoxonaga yotqizildi. Bu haqda region sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Xabarga ko‘ra, shifoxonaga yotqizilganlarning ahvoli og‘ir deb baholanmoqda. Barcha bemorlarda ikki tomonlama zotiljam kuzatilmoqda.

Tekshiruvlarda ularning koronavirus, A va B grippi, xantavirus va boshqa infeksiyalar bilan zararlanmaganligi ma’lum bo‘ldi. 

«Ulardagi kasallik sababi aniqlanmadi va o‘rganilmoqda», — dedi sog‘liqni saqlash vaziri Luis Medina Ruis.

Hozirda virusning kelib chiqishi aniqlanmoqda va suv havzalari hamda havo holati tekshirilmoqda. Bemorlardan olingan tahlil natijalari bir necha kundan so‘ng ma’lum bo‘lishi aytilmoqda.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid