O‘zbekiston | 19:00 / 31.08.2022
9871
3 daqiqa o‘qiladi

Mobiuz Toshkentda 5G’ni ishga tushirmoqda

O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 31 yilligi arafasida Mobiuz yuqori tezlikdagi beshinchi avlod internetini taqdim etmoqda.

Foto: Mobiuz

Mobiuz mobil operatori o‘z abonentlari va aholini texnologik yutuqlar bilan xursand qilishda davom etadi. Zero, kompaniyaning maqsadi ilg‘or yechimlarni joriy etishda birinchilar qatorida bo‘lishdir.

Mobiuz’ning tijoriy 5G tarmog‘i bir vaqtning o‘zida poytaxtning beshta tumanidagi sakkizta joyda ishga tushmoqda. Bu orqali Mobiuz mamlakatimiz poytaxtini beshinchi avlod tarmog‘i bilan hozirgi kunda eng keng qamrab olgan ilk operatorga aylanmoqda.

Xususan, 5G’dan quyidagi joylarda foydalanish mumkin:

  • Mirobod tumani, Oybek metro bekati atrofida, shuningdek, “Poxtaxt” savdo markazi (Brodvey) hududida;
  • Mirzo Ulug‘bek tumani, “Le Grand Plaza” mehmonxonasi (sobiq «Tata») atrofida;
  • Yunusobod tumani, Mobiuz Markaziy ofisi hududi, shuningdek, «Poxtaxt» biznes markazi atrofida;
  • Shayxontohur tumani, «Fleshka» (Malika) savdo majmuasi hududida;
  • Chilonzor tumani, Chilonzor Buyum Bozori bozori hududi (Ippodrom) va Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti atrofida (Tashkent City, Beshyog‘och).

Kelasi bir oy ichida Toshkentning yana bir qancha joylarida 5G stansiyalari o‘rnatiladi.

«5Gdan foydalanish» xizmatini faollashtirish uchun abonentlar tarmoq qamrovi hududlarida *223*1# USSD-buyrug‘ini terishlari kerak. Tarmoq faqat 5G texnologiyasini qo‘llab-quvvatlaydigan va qurilma dasturiy ta’minoti ishlab chiqaruvchisi tomonidan ruxsat berilgan qurilmalarda ishlaydi.

Beshinchi avlod tarmog‘ining imkoniyatlaridan ikki usulda foydalanish mumkin:

  • 75 ming so‘mga 50 000 MBlik maxsus 5G to‘plamini ulash orqali (*225*50000#). Bunday holda, mobil internet tezligi 1 Gbit/s gacha bo‘ladi;
  • maxsus to‘plam ulamasdan turib foydalanganda mobil internet tezligi 300 Mbit/s gacha bo‘ladi.

“5G tayanch stansiyalari Toshkent shahrida bir yil avval o‘rnatilgandi. Kompaniyaning yetti yilligi munosabati bilan o‘tgan yilning 1 dekabrida tarmoq sinov tariqasida ishga tushirilgan edi. Keyinchalik tijoriy foydalanishga topshirish uchun zaruriy tayyorgarlik ishlari amalga oshirildi. Hozirgi kunga kelib, tarmoqlarimizdan foydalanayotgan abonentlarning 5G qurilmalari soni yetarlicha darajaga keldi. 5G’ni ishga tushirish – Mobiuz faoliyatidagi muhim qadamlardan biridir. U Xitoy Xalq Respublikasidagi hamkorlarimiz bilan investitsiya loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan ishlarning yorqin namunasidir. Kelgusida beshinchi avlod tarmog‘imiz sezilarli darajada kengayib, yangi hududlarni qamrab oladi”, — deydi Mobiuz Bosh direktorining texnika va AT bo‘yicha o‘rinbosari Abdurahmon Abdurahmonov.

5G tarmog‘ini qurish va sinovdan o‘tkazish jarayonini ushbu videoda ko‘rish mumkin: (havola).

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid