Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Erdo‘g‘an Turkiya yangi konstitutsiyaga muhtojligini aytdi
Uning so‘zlariga ko‘ra, Turkiyaning hozirgi konstitutsiyasi 1982 yilda qabul qilingan va qator tuzatishlar kiritilishiga qaramasdan, bugungi zamon talablariga javob bermaydi.
Foto: Anadolu Agency
Turkiyada oxirgi 20 yil davomida inson huquq va erkinliklarini himoya qilishga qaratilgan muhim islohotlar amalga oshirildi, dedi Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Turkiyaning hozirgi konstitutsiyasi 1982 yilda qabul qilingan va qator tuzatishlar kiritilishiga qaramasdan, bugungi zamon talablariga javob bermaydi.
Erdo‘g‘an Adolat va taraqqiyot partiyasi o‘tgan yili mamlakat konstitutsiyasi loyihasini tayyorlagani, ammo tashabbus boshqa siyosiy kuchlar tomonidan yetarlicha qo‘llab-quvvatlanmaganini aytdi.
«Biz qo‘l qovushtirib o‘tirmoqchi emasmiz va bu dolzarb mavzuni yana ko‘taramiz», - dedi Turkiya prezidenti.
Mavzuga oid
19:44 / 25.04.2026
AQSh–Eron urushi fonida Turkiya nega asabiylashmoqda?
18:07 / 25.04.2026
Eron urush tufayli yopilgan xalqaro aviaqatnovlarni qayta tikladi
23:00 / 24.04.2026
Turkiyada 15 yoshdan kichik bolalarga ijtimoiy tarmoqlarga kirish taqiqlandi
22:57 / 23.04.2026