Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tiklanish jamg‘armasidan Surxondaryo hokimligiga ajratilgan pulni qaytarish muddati 1 yilga uzaytiriladi
Prezidentning “Surxondaryo viloyati va Toshkent shahrida maxsus iqtisodiy va kichik sanoat zonalari faoliyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoniga o‘zgartirishlar kiritiladi.
Tegishli hujjat loyihasiga ko‘ra, Surxondaryo viloyati investitsiyaviy jozibadorligini oshirish, tashqi savdoni rivojlantirish hamda mahalliy mahsulotlarni tashqi bozorlarga olib chiqish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsad qilingan.
Prezidentning “Surxondaryo viloyati va Toshkent shahrida maxsus iqtisodiy va kichik sanoat zonalari faoliyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoniga quyidagilarni nazarda tutuvchi o‘zgartirishlar kiritiladi:
- Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi tomonidan Surxondaryo viloyati hokimligiga 3 yil muddatga, shu jumladan 1 yillik imtiyozli davrni hisobga olgan holda ajratilgan mablag‘larni qaytarish muddatini 1 yilga uzaytirish;
- kreditni qaytarish prognoz jadvalini qayta tasdiqlash.
Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi Surxondaryo viloyati hokimligi bilan birgalikda farmondan kelib chiqqan holda kredit shartnomasi shartlari qayta ko‘rib chiqilishini ta’minlaydi.
Mavzuga oid
18:28 / 20.06.2026
Surxondaryoda Aleksandr Fedin yaratgan o‘rmonzor "Dendrologiya bog‘i"ga aylantiriladi
09:05 / 17.06.2026
Afg‘onistondan olib kirilgan 37,6 kg giyohvandlik vositalari fosh etildi
18:00 / 12.06.2026
Surxondaryoda uch yigit suvga cho‘kib o‘ldi
20:37 / 03.06.2026