23:38 / 01.09.2022
6002

Twitter postlarni tahrirlash imkoniyatini sinovdan o‘tkazmoqda

Tvitni tahrirlash imkoniyatidan u e’lon qilinganidan so‘ng yarim soat davomida foydalanish mumkin bo‘ladi. Ushbu funksiya faqat Twitter Blue pulli obunasi foydalanuvchilari uchun mo‘ljallangan.

Foto: Amy Osborne / AFP

Twitter mikrobloglar servisi postlarni tahrirlash funksiyasini sinovdan o‘tkazishni boshladi. Ushbu funksiya faqat Twitter Blue pulli obunasi foydalanuvchilari uchun mo‘ljallangan.

Tvitni tahrirlash imkoniyatidan u e’lon qilinganidan so‘ng yarim soat davomida foydalanish mumkin bo‘ladi. Bunday tvitlar ular yaqinda tahrirlanganini bildirib turuvchi maxsus marker bilan belgilab qo‘yiladi.

Hozirda funksiyani Twitter foydalanuvchilarining kichik guruhi sinab ko‘rmoqda. Bir oydan so‘ng guruh yanada kengayadi.

Hozirda Twitter Blue’ga AQSh, Avstraliya, Kanada va Yangi Zelandiyadagi foydalanuvchilar obuna bo‘lishi mumkin.

Twitter tvitlarni tahrirlash funksiyasini 2021 yildan buyon ishlab chiqmoqda.

Mavzuga oid
Top