Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Vayronalar orasidagi o‘quvchilar, Ukraina janubidagi amerikalik askar. Urush suratlari
31 avgustga o‘tar kechasi Rossiya qo‘shinlari Kramatorsk va Slovyanskni o‘qqa tutdi: Ukraina tomoni ma’lumotiga ko‘ra, bu shaharlarda turar joy binolari shikastlangan, to‘rt kishi halok bo‘lgan. Xalqaro atom energetikasi agentligi missiyasi Zaporijjyaga keldi: 1 sentabr kuni inspektorlar Zaporijjya AES hududida bo‘lishi kutilmoqda, bu yer avgust oyi davomida doimiy ravishda o‘qqa tutildi, bunda Rossiya va Ukraina tomonlari bir-birini ayblagan: xususan, 1 sentabr kuni Rossiya «ukrainalik diversantlar» AESni egallab olmoqchi bo‘lgani, Ukraina — RF harbiylari Xalqaro atom energetikasi agentligi missiyasi Zaporijjyadan AES joylashgan Energodar shahriga keladigan marshrutni o‘qqa tutganini xabar qildi. RF mudofaa vazirligi Ukraina qurolli kuchlarining Xerson oblastidagi qarshi hujumga o‘tgach ikki kun ichida Rossiya armiyasi 1700 nafar ukrain harbiysini o‘ldirganini xabar qildi. Ukraina yozuvchilar uyushmasi Kiyevdagi Mixail Bulgakov muzeyini yopishni taklif qildi. Qrimda urush oxiriga qadar pirotexnika sotish va fuqarolik dronlarini uchirish taqiqlandi.
Quyida 31 avgust, urushning 189-kunida Ukrainaning turli hududlarida olingan suratlar.
Kramatorskda ko‘p qavatli uyga zarba berilishi oqibatlari
Anatolii Stepanov / AFP / Scanpix / LETA
Leo Correa / AP / Scanpix / LETA
Ammar Awad / Reuters / Scanpix / LETA
Chernihivlik maktab o‘quvchilari o‘z sinfxonalarida
Associated Press fotosuratchisi Emilio Morenatti Chernihivdagi 21-maktab va Mixail Kotsyubinskiy nomidagi litseyda o‘qigan o‘quvchilarning portretlari seriyasini tasvirga oldi. Maktab binosi Rossiya qo‘shinlarining 3 mart kungi raketa zarbalari vaqtida vayron bo‘lgan, litsey 4 mart kuni o‘qqa tutilgan. Shunga qaramay, 1 sentabr kuni bu o‘quv muassasalari ochildi, o‘quvchilar butun qolgan xonalarda o‘qishda davom etadi.
Emilio Morenatti / AP / Scanpix / LETA
Emilio Morenatti / AP / Scanpix / LETA
Emilio Morenatti / AP / Scanpix / LETA
Emilio Morenatti / AP / Scanpix / LETA
Mikolayiv otishmalar orasidagi tanaffus vaqtida
Dimitar Dilkoff / AFP / Scanpix / LETA
Dimitar Dilkoff / AFP / Scanpix / LETA
Mavzuga oid
14:41 / 13.12.2025
Ukraina: Kaspiyda Rossiyaning qurol tashigan ikki kemasiga hujum qilindi
14:23 / 13.12.2025
Tramp Ukrainaning Rossiya “soya floti”ga zarba berishini ma’qulladi
14:06 / 13.12.2025
Moskva Zelenskiyning Donbass bo‘yicha referendum o‘tkazish g‘oyasini rad etdi
13:16 / 13.12.2025