O‘zbekiston | 17:41 / 02.09.2022
45061
2 daqiqa o‘qiladi

Maktablarda darslik to‘plamlari ijara to‘lov miqdori ma’lum bo‘ldi

O‘zbekistonda 2022-2023 o‘quv yiliga darsliklar to‘plami uchun ijara to‘lovi miqdori belgilandi.

O‘qituvchilar tomonidan maktab o‘quvchilarining ota-onalariga tegishli narx-navolar yuborilib, viloyat xalq ta’limi boshqarmalarining Telegram-kanallarida ham e’lon qilindi.

Darsliklar to‘plami uchun ijara to‘lovi miqdori respublika bo‘yicha bir xil. 

2022-2023 o‘quv yili uchun uning narxi quyidagicha belgilandi: 

  • umumta’lim maktablarining birinchi sinf o‘quvchilari uchun - bepul;
  • 2-sinflar uchun 18 dona darslik va ish daftarlaridan iborat to‘plam ijarasi narxi – 102 700 so‘m; 
  • 3-sinf uchun 18 ta darslik va ish daftarlaridan iborat to‘plam ijarasi narxi – 102 700 so‘m; 
  • 4-sinf uchun 12 ta darslik va ish daftarlaridan iborat to‘plam ijarasi narxi – 68 500 so‘m; 
  • 5-sinflar uchun 15 ta darslik va ish daftarlaridan iborat to‘plam ijarasi narxi – 85 600 so‘m;
  • 6-sinf uchun 13 ta darslik va ish daftarlaridan iborat to‘plam ijarasi narxi – 74 200 so‘m; 
  • 7-sinf uchun 18 ta darslik va ish daftarlaridan iborat to‘plam ijarasi narxi – 102 700 so‘m; 
  • 8-sinf uchun 19 ta darslik va ish daftarlaridan iborat to‘plam ijarasi narxi – 108 400 so‘m;
  • 9-sinf uchun 19 ta darslik va ish daftarlaridan iborat to‘plam ijarasi narxi – 108 400 so‘m;
  • 10-sinf uchun 18 ta darslik va ish daftarlaridan iborat to‘plam ijarasi narxi – 102 700 so‘m; 
  • 11-sinf uchun 21 ta darslik va ish daftaridan iborat to‘plam ijarasi narxi 119 800 so‘m. 

Avvalroq Moliya vazirligi ijara to‘lovi miqdori kadrlar tayyorlash ixtisosligiga qarab o‘zgarishi mumkinligini ma’lum qilgandi.

Eslatib o‘tamiz, 5 sentabr kuni O‘zbekiston ta’lim muassasalarida yangi o‘quv yili boshlanadi.

Mavzuga oid