O‘zbekiston Markaziy Osiyodagi eng xavfsiz davlat deb topildi
O‘zbekiston Global Peace Index reytingi tomonidan Markaziy Osiyodagi eng xavfsiz davlat deb topildi.
Ushbu indeks birinchi marta 2007 yil may oyida hisoblab chiqilgan. U dunyo mamlakatlarini hayot xavfsizligi bo‘yicha reytingga kiritishga birinchi urinish bo‘ldi.
G‘oya muallifi avstraliyalik tadbirkor Stiv Killele bo‘lib, u, xususan, Dalay-lama va AQShning sobiq prezidenti Jimmi Karter tomonidan ma’qullangan.
Global Peace Index reytingi har yili Tinchlik instituti xalqaro ekspertlar guruhining sotsiologlari va iqtisodchilari tomonidan Sidney universiteti huzuridagi Tinchlik va mojarolarni o‘rganish markazi bilan birgalikda ishlab chiqiladi.
Yakuniy indeksni tuzish uchun mutaxassislar quyidagi ko‘rsatkichlarni o‘rganadi: ichki va tashqi nizolar, ular intensivligi va qurbonlar soni; qo‘shni davlatlar bilan aloqalar; aholi orasida qochqinlar ulushi; fuqarolar o‘rtasidagi ishonchsizlik darajasi; siyosiy beqarorlik va jamoat tartibi; siyosiy terror; terroristik xurujlarning tez-tez sodir bo‘lishi; har 100 ming kishiga to‘g‘ri keladigan qotilliklar soni; mahkumlar soni; og‘ir jinoyatlar nisbati; huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari soni; YaIMdagi harbiy xarajatlar ulushi; qurol olib kirish va olib chiqish; BMT yoki boshqa kuchlar kontingentlarida ishtirok etish; o‘q otish qurollarining mavjudligi va og‘ir qurollarning miqdori; qurolli kuchlarni modernizatsiya qilish.
2022 yil holatiga ko‘ra, reytingga kiritilgan 163 davlat orasida Afg‘oniston oxirgi o‘rinda. Rossiya 160-o‘rinni egallagan (Rossiya qurolli kuchlari olti oydan beri maxsus harbiy operatsiya o‘tkazayotgan Ukraina esa 153-o‘rinda). Bu uchala davlat ham eng xavfli davlatlar guruhiga kiradi.
Turkmaniston 104-, Qozog‘iston 97-, Tojikiston 92-, Qirg‘iziston 91-pog‘onada qayd etildi, O‘zbekiston Markaziy Osiyodagi eng xavfsiz davlat sifatida 86-o‘rinni egalladi.
Shuni ta’kidlash kerakki, Markaziy Osiyoning barcha respublikalari Isroil, AQSh va Turkiya kabi davlatlarga qaraganda xavfsizroq bo‘lib chiqdi.
Reytingning dastlabki uch pog‘onasini Islandiya, Yangi Zelandiya va Irlandiya egallagan.
Mavzuga oid
17:37 / 12.11.2024
O‘zbekiston taksi xizmati eng arzon davlatlar qatoriga kirdi
16:40 / 12.11.2024
O‘zbekiston sun’iy intellektga tayyorlik reytingida Markaziy Osiyoda so‘nggi o‘rinni egalladi
16:52 / 07.11.2024
O‘zbekistonning 23 ta oliygohi Osiyo universitetlari reytingiga kirdi
21:26 / 29.10.2024