Qozog‘iston parlamentida Nur-Sulton shahriga Ostona nomini qaytarish taklif qilindi
Qozog‘iston poytaxti nomi 2019 yilda prezident Qosim-Jo‘mart To‘qayev tashabbusi bilan Ostonadan Nur-Sultonga o‘zgartirilgandi.
«Jaңa Qazaqstan» deputatlar guruhi mamlakat poytaxti Nur-Sulton shahriga avvalgi Ostona nomini qaytarish taklifi bilan chiqdi.
«Inson hayotligida shahar uning nomi bilan atalishini noto‘g‘ri deb hisoblaymiz, buning ustiga, xalq poytaxtning yangi nomini qabul qilmadi. Shu bois poytaxtning ilgarigi – Ostona deb nomlanishini qaytarish tarixiy adolat bo‘ladi», — deyiladi taklifda.
Bundan tashqari, guruh mamlakat konstitutsiyasiga yetti yillik prezidentlik muddati to‘g‘risidagi moddani muddatidan avval o‘tkaziladigan saylovlargacha kiritishni taklif qildi.
Qozog‘iston poytaxti nomi 2019 yilda prezident Qosim-Jo‘mart To‘qayev tashabbusi bilan Ostonadan Nur-Sultonga o‘zgartirilgandi.
2022 yil yanvarda poytaxt aholisi shaharning avvalgi nomini qaytarish uchun imzo yig‘a boshladi. Ammo tashabbus yetarlicha qo‘llab-quvvatlanmadi.
Mavzuga oid
18:58 / 17.08.2024
Ostona aeroporti samolyotning favqulodda qo‘nishidan keyin yopildi
14:00 / 04.07.2024
Shavkat Mirziyoyev ShHT davlat rahbarlari kengashi majlisida ishtirok etdi
17:01 / 19.06.2024
Toshkentdan Ostonaga uchgan samolyot ortga qaytishga majbur bo‘ldi
13:23 / 05.06.2024