O‘zbekiston | 07:21 / 02.09.2022
3551
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiyada og‘ir kasallikka chalingan o‘zbekistonlik oilasi bilan vatanga qaytarildi

Sankt-Peterburgda og‘ir kasallikka chalingan o‘zbekistonlik oilasi bilan vatanga qaytarildi. 

Foto: Migratsiya agentligi

Migratsiya agentligi xabariga ko‘ra, S.N. Rossiyaga joriy yil 7 yanvar kuni oilasi bilan vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun kelgan. Ammo 20 iyun kuni salomatligi yomonlashgan va shifoxonaga yotqizilgan.

Shundan so‘ng S.N. ishga layoqatsiz bo‘lib qolgani sababli Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Sankt-Peterburg shahridagi vakilligiga vatanga qaytishda yordam so‘rab murojaat qilgan.

Fuqaroga Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash hamda ular huquq va manfaatlarini himoya qilish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan aviachipta olib berilgan va Sankt-Peterburg - Samarqand yo‘nalishidagi aviareys bilan vatanga qaytarilgan.

Bundan oldin Rossiyada 12 nafar o‘zbekistonlikning pasporti ish beruvchilardan olib berilgandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid