Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Gruziyada turistlar uchun sun’iy orol va yarimorollar qurilishi boshlandi
Ularning hududida ko‘ngilochar, sog‘lomlashtirish, sport, ta’lim, tijorat maskanlari quriladi, turistik yo‘nalishlar tashkil etiladi.
Gruziyaning Batumi shahrida Qora dengiz sohilida ikkita sun’iy yarimorol va bir oroldan iborat arxipelag qurilishi boshlandi.
«Bugun o‘ziga xos zamonaviy loyihani boshlaymiz. Bu loyiha - ikkita sun’iy yarimorol va orol qurilishi», — dedi Gruziya bosh vaziri Irakliy Garibashvili.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bu hududlarda ko‘ngilochar, sog‘lomlashtirish, sport, ta’lim, tijorat maskanlari quriladi, turistik yo‘nalishlar tashkil etiladi.
Yarimorollar va orolda 500 nomerdan iborat mehmonxonalar, savdo va ko‘ngilochar markazlar joylashadi.
Loyihaga yo‘naltiriladigan investitsiya miqdori 100 mln dollarni tashkil etadi.
Mavzuga oid
11:00 / 12.06.2026
O‘zbekistonda har yili “Ochiq turizm mavsumi” dasturi o‘tkaziladi
18:31 / 09.06.2026
AQSh sayyohlik va biznes vizalari uchun tezkor suhbat bo‘yicha pullik xizmatni yo‘lga qo‘yadi
22:50 / 03.06.2026
80 ming aholiga mo‘ljallangan dunyodagi birinchi suzuvchi shahar loyihasi qayta tiklandi
20:26 / 29.05.2026