Sentyabr uchun pensiyalar oldin to‘lab berilganiga izoh taqdim etildi
Ijtimoiy tarmoqlarda bosh vazirning sentabr oyi uchun pensiya va nafaqalarni muddatidan oldin to‘lab berish yuzasidan topshirig‘i ijrosi noto‘g‘ri talqin qilinayotgan holatlar kuzatilmoqda.
Pensiya jamg‘armasiga ko‘ra, Vazirlar Mahkamasi tegishli topshirig‘iga asosan pensiya va nafaqa oluvchilarga mustaqillik bayrami oldi ko‘tarinki kayfiyat ulashish maqsadida muddatidan avval mablag‘larni plastik kartalarga yuklab berish topshirilgan.
Mazkur topshiriq ijrosi bo‘yicha yetarli mablag‘lar 2022 yil 1 sentabrga qadar tijorat banklarning hisobvaraqlariga moliyalashtirib berilgan. Jamg‘arma tuman (shahar) bo‘limlari tomonidan joriy yil sentabr uchun 4,2 mln nafar fuqaroga pensiya va nafaqa to‘lovi qaydnomalari 30 avgustga qadar to‘liq shakllantirib, axborot tizimlari orqali AT “Xalq banki” va tegishli tijorat banklariga yetkazilgan.
Joriy yil 2 sentabr holatiga pensiya va nafaqa to‘lovi uchun jami talab etilgan 4 298,6 mlrd so‘m mablag‘dan 3 881,2 mlrd so‘m (yoki 90 foiz) moliyalashtirib berilgan. Naqd pulda oluvchilar uchun 1 831,9 mlrd so‘m (yoki oylik talab 81 foizi) AT “Xalq banki”ga hamda bank plastik kartalari orqali oluvchilarga to‘liq miqdorda 2 049,3 mlrd so‘m (yoki 100 foiz) tijorat banklariga moliyalashtirilib, pensiya va nafaqa oluvchilar bank plastik kartalariga to‘liq yuklab berilgan.
Prezident tegishli farmoniga asosan mustaqillik bayramida ketma-ket 4 kun dam olish belgilangani munosabati bilan AT “Xalq banki” tomonidan sentabr oyida naqd pulda pensiya va nafaqa oluvchilar uchun to‘lovlar joriy yil 5 sentabr sanasidan amalga oshirilishi ma’lum qilingan.
Mavzuga oid
08:30 / 01.11.2024
Pensiya tayinlash va to‘lashda byurokratiya qisqartiriladi
07:20 / 30.10.2024
2025 yilda ish haqi va pensiyalarni oshirishga qancha mablag‘ ajratilishi ma’lum qilindi
07:50 / 28.10.2024
Fuqaroga nafaqa qilib berishni va’da qilgan tibbiyot xodimi pora bilan ushlandi
20:56 / 20.10.2024