Işlari Oliy suddan qaytayotgan sudyalarga nisbatan javobgarlik kuçaytirilişi taklif etilmoqda
|20:59 / 04.09.202218 73613 min
Özbekiston konstitutsiyasiga kiritilayotgan özgartirişlarda töğridan töğri sudlarga daxldor islohotlar amalga oşirilişi közda tutilmagan. Kun.uz huquqşunoslarning bu boradagi fikrlari bilan qiziqdi. Suhbat davomida sud tizimidagi muammolar tahlil qilindi.
– Konstitutsiyaviy islohotlarni kuzatar ekanmiz, nima uçundir sudlar faoliyatiga oid özgartirişlar közga taşlanmaydi. Prezident administratsiyasi rahbari tanqidiy yiğilişda ham aholining sudlar faoliyatidan norozi ekanini ta’kidladi. Oliy sud raisi bejiz özgargani yöq. Faoliyatida yöl qöygan kamçiliklari tufayli işdan olingani aytilyapti. Nima deb öylaysiz, şunday vaziyatda sudlarning mustaqilligini tom ma’noda ta’minlaydigan islohotlarga qöl urilmayapti?
Rasul Kuşerboyev, deputat, huquqşunos:
– Bilasizmi, fikrimça, Konstitutsiyada sudga oid belgilangan normalar şundoq ham yetarli. Gap uni işlatişda qolgan. Uning mustaqilligi ham körsatilgan va hokazo. Boşqa qonunlarimizda ham közda tutilgan. Lekin ular amalda mustaqil böla olmayotgandir. Siz menga birgina misolni aytyapsiz. Balki ijobiy holatdir, lekin oddiy mantiqiy savol kelib çiqadi. Administratsiya rahbari nega Oliy sudga borib tanqidiy yiğiliş ötkazyapti?
– Nega?
– Bu taşkilot Oliy suddan yuqori turuvçi organmi degan savol paydo böladi? Nima uçun uning maqomi Konstitutsiyada şunday deb körsatilmagan?
Birgina Oliy sud raisining özi sud tizimining bu ahvolga tuşib qolişiga sababçimi? Yöq. Tizim şunaqa bölib qoldi. Qonunda boşqaça, amalda umuman boşqaça tizimni özimiz yaratib qöydik-ku. Oqibatda sudyalarning köpçiligida jur’at yöq, qörqoq.
– Çunki bosim bor...
– Bosim bor. Şu paytga qadar ular fuqarolarning konstitutsion huquqini buzadigan normalar qabul qilayotganini ular bilmasdi deb öylaysizmi? Ular juda yaxşi bilardi, faqat ular juda qörqoq edi. Jur’atsiz edi. Ular şunday qaror qabul qilib qöysa, ertaga uni işdan böşatib yuborişini yoki nimadir uyuştirib, ayblab, qamab qöyişlari mumkinligini doim his qilib yaşadi ular. Oqibatda qörqoqlardan iborat korpusni şakllantirganmiz.
Öylaysizki, birgina raisni almaştirgan bilan tizim özgarib qoladimi? Yöq. Ularga, avvalo, jur’atni qaytariş kerak. Işonç, jur’at öziga qaytmaguniça foydasi yöq. Birgina mana şu administratsiya vakillarining Oliy sudga kelib tanqidiy yiğiliş ötkazişining özi Oliy sud mustaqilmi degan savolni yuzaga keltirmaydimi?
Mavzuga oid
Konstitutsiyaga kiritilayotgan özgarişlarni sudlarga tegişli emas deb ayta olmaymiz. Bevosita sud hokimiyati institutiga tegişli bölganlari kamdek körinişi mumkin. Lekin boşqa özgarişlar, masalan, inson huquqlariga oid özgarişlar kiryaptiki, bu bevosita barça davlat organlari qatorida sud organlariga ham tegişli hisoblanadi.
Rasul Kuşerboyev. Foto: Kun.uz
Sudlarning hayotimizdagi ahamiyati juda muhim. Özim sud va adolat sözlarini sinonim deb tuşunaman. Sudlarning muhimligi şundaki, har qanday huquqbuzarlik, nizo yoki kelişmovçilik böladimi uning oxirgi yeçimi borib uşbu idoralarga taqaladi. Ya’ni oxirgi nuqtani sud qöyadi.
Şu sababli agar sudlarda ham adolat topilmaydigan bölsa, bu jamiyatdagi ijtimoiy keskinlikni keltirib çiqaradi. Sudga işonmagan fuqaro, davlatga ham işonmaydi. Şu uçun ham sudlarga bölgan işonçni oşiriş, sudlovdagi professionallikni ta’minlaş bilan boğliq bölgan masalalar özining yeçimini töliq topadi. Sudlarning mustaqilligini amalda ta’minlaşimiz kerak deb öylayman.
– Qanday qilib ta’minlaş mumkin, sizningça?
– Viloyat sudlari bor, tuman sudlari bor, Yana Oliy sud bor. E’tibor berib qaraydigan bölsak, köp işlarimiz tuman va viloyat sudlarida ötadi-da, e’tibor beradigan bölsangiz, tuman sudlarida kimningdir aralaşmovçilik holatlari bor-da. Tumanda kim aralaşişi mumkin? Buni köpçilik yaxşi biladi, ammo men falon lavozimdagilar deb aniq ayta olmayman. Nimagaki, buni aytsam dalillar bilan isbotlab berişim kerak.
Tajribamdan kelib çiqib öz fikrimni aytmoqçimanki, tumanlarda bor şu narsa. Viloyatda ham ötişi mumkin. Lekin Oliy sudga kelib, öşa narsa bekor bölib qaytarilyapti. Bu bugungi kundagi tabiiy fakt. Öşa yerning öz tergovçisi bor, özining prokurori bor. Lekin öşa yerda qandaydir manfaatlar közlanadimi, endi bu narsani aniq ayta olmayman, biroq tuman va viloyat sudlarining mustaqilligi, qonunan işlaşi, yakuniy natijaga nuqta qöyib bersa, korrupsiyaning oldi olingan böladi deb öylayman.
Nimagaki, sönggi nuqtani sud qöyyaptimi, sudgaça tergov olib borgan tergovçi öylab iş qiladi. Bizda öşa iş ötib ketadi, ular ham biladi ötib ketişini, balki Oliy sudda sinişini ham bilar, lekin şu yergaça ötib ketadi-ku degan ma’noda iş köradi va kimlardir buning orqasidan jabr tortadi.
– Hududlarda, tumanlarda olib qaraydigan bölsak, haligaça hokimning ta’siri seziladi. Nomi aytilmaydigan, aytilsa qörqadigan idoralar bor. Öşa yerda işlovçi xodimlarning bosimi bor sudyalarga nisbatan. Ulardan qörqişadi. Nima qilinsa şu qörquv yöqoladi?
– Rahbarni yoki bir-ikki xodimni almaştiriş bilan iş bitmaydi. Haqiqatan attestatsiya qiliş kerak. Tizimning özi öz-öziga savol berişi kerak: şunday ikkiyuzlamaçilik qilib yaşayveramizmi yoki biror özgariş qilamizmi? Çunki ikkiyuzlamaçilik qiyofasi axborot texnologiyalari rivojlanib borayotgan, axborotga tösiq qöyiş imkonsiz bölib borayotgan bir vaqtda butun bir jamiyatga, butun bir dunyoga oşkora körinib qolyapti.
Bu nafaqat Özbekistonda, balki boşqa davlatlarda ham şunaqa. Oşkora körinib turibdi-da. Şuning uçun ham öşa taşkilot betimning qattiqligi, jonimning huzuri tarzida faoliyat yuritaveramizmi yoki yuzimizni yoruğ qiliş vaqti keldimi degan savollarga javob bera olişi kerak. Yöq, böldi, özgaramiz, ikkiyuzlamaçilik qilmaymiz deyiladigan bölsa, uning yeçimi qiyin emas.
Işni qayerdan boşlaşni hamma bilib turibdi. Faqat muammo şunda, tan olmaslikda va özining qulay turmuş şaroitida yaşaş, töq yaşaş va nafsning yuqoriligi oqibatida şunaqa davom etyapti. Agarki, yöq, umumjamiyat, umumdavlat manfaatlari yölidan yuriladigan bölsa, köp narsadan tiyilişimiz kerak. Tan oliş kerak, kerak paytda töxtatiş kerak. Yöq, oğaynilar, şu yerda töxtaşimiz kerak, bu yerda qonun bor deya olişi kerak.
– Muammolar aynan nimalardan iborat? Qaysidir huquqni muhofaza qiluvçi idoralar ta’siridan sudyalar haligaça qutula olmayaptimi? Şunday holatlarni köramizki, tergovçilar yoki ayblovçilar tomonidan e’lon qilinadigan ayblov xulosasi bilan sud qarori hattoki tiniş belgilarigaça bir xil. Sal özgartiriş bilan sud qaroriga aylantirilgan holatlar bor. Yana qanday muammolarni sanab ötgan bölardingiz?
Farhod Primov, yuridik fanlar böyiça falsafa doktori:
– Endi sudlar faoliyati böyiça mutaxassislar öz fikrlarini bildirib borişyapti. Albatta, hammaning öz fikri bor bu jarayonda. Sudlar faoliyatini ham isloh qilişda ba’zi bir omillarni inobatga olişadi deb öylayman.
Masalan, sudyalarning soni böyiça töxtalmoqçi edim. Endi sudning bir işni töliq va batafsil körib çiqişi uçun ularning vaqti bölişi kerak. Ba’zi holatlarda sudlarning ma’muriy, jinoiy va fuqaroviy işlari köpayib ketadiki, sudning vaqti yetişmasa, bu albatta, sifatga ham ta’sir qiladi.
Farhod Primov. Foto: Kun.uz
Aytganingizdek, tergovçi işni yakunlayotganda ayblov xulosasi bilan yakunlanadi. Ayblov xulosasida öşa işga oid barça tafsilotlar xulosa qilinadi. Ya’ni uning ayblari isbotlangani, qaysi modda bilan javobgarlikka tortiş mumkinligi töğrisidagi yakuniy hujjat hisoblanadi.
– Lekin u özining nuqtayi nazarini ifoda etadi.
– Albatta, tergovçi özining vakolatlaridan kelib çiqqan holatda qonunga binoan tayyorlaydi bu hujjatni. Ba’zi holatlarda ayblov xulosasi va sud hukmi bir xil bölib qolyapti deb aytyapsiz. Lekin haqiqat bitta böladi hamişa. Uni tergovçi ham, sud ham qaysi yöl bilan isbotlamasin, baribir bir töxtamga kelinadi.
Şu nuqtayi nazaridan ular bir-biriga öxşaş bölişi mumkin deb öylayman. Şu bilan birgalikda, sudyalar körib çiqişi kerak bölgan işlarning soni köp, ammo vaqti kamligini yana bir marta ta’kidlab ötmoqçiman. Agar sudyaning vaqti bölmasa, köp holatlarda bu işning sifatiga ham ta’sir qilişi mumkin.
– Birinçi instansiyada körgan işlari Oliy suddan qaytayotgan, boşqaça aytganda, “sinayotgan” sudyalarga nisbatan ham qandaydir çora körilişi mumkinmi?
Ilyos Yusupov, advokat:
– Nima bölgan taqdirda ham sudyalarimiz adaşmasligi kerak. Çunki buning ortida inson taqdiri yotibdi. Sudya şunday qaror qabul qilişi kerakki, öşa çiqargan qarori insonparvarlik prinsipiga ham, odillik prinsipiga ham, qonuniylik prinsipiga ham mos bölişi kerak.
Öylaymanki, öşa bildirilgan sabablar, töğri, u yerda himoya taraf ham bor, tortişuvli prinsip asosida sudlar amalga oşirilişini hammamiz bilamiz. Ayblov tarafi aybdor deb hisoblaş böyiça özining dalillarini, fikrlarini bayon qiladi. Himoya taraf aybsizligi bilan boğliq yoki jinoyatni sodir etişga undovçi sabablarni bayon qiladi. Sudlar esa barça holatlarni sinçkovlik bilan örganib, odillik va insoniylik tamoyillari asosida jazo tayinlaşi kerak.
Ilyos Yusupov. Foto: Kun.uz
Bilamiz, qonunda yozib qöyilgan, qonunlarimizda belgilangan jazo uni qiynaş uçun emas, balki tarbiyalaş uçun beriladi deyiladi. Ya’ni berilayotgan jazoning miqdori şu insonni tarbiyalaş uçun yetarli bölişi kerak degan fikrlar bor. Agar sudlarimiz ana şunga asoslanib, adolatli va töğri qaror çiqaradigan bölsa, öşa qarorlar ustidan şikoyat qiliş holatlari ham keskin kamayadi.
Şu bilan bir qatorda, himoya tomondan bildirilayotgan sabablarga, ayblov tomonidan bildirilayotgan sabablarga va jabrlanuvçi va ayblovçi tomonning bildirayotgan sabablarining asosli ekanini sud qarorlarida asoslab körsatib ketişi kerak. Ana şunda öşa holat böyiça şikoyatlar birmunça kamayadi.
Yöq bölib ketadi deb aytmayman. Baribir bir xillar norozi böladi, şikoyat qiladi. Ikkinçidan, yuqori turuvçi sudlarga şikoyatlar yozganimizda ma’lum bir sabablar körsatamiz. Himoyamiz ostidagi şaxsga nisbatan ilgari surilayotgan ayblovni inkor qiluvçi sabablarni ön varaq va ba’zan beş varaqdan iborat matnda keltirib beramiz. Lekin sudning hal qiluv qarorida bizning e’tirozlarimiz, taqdim etgan dalillarimiz negadir batafsil bayon etilmaydi, ikki qator söz bilan ifodalanadi va bu tabiiyki himoyada e’tirozlarni yuzaga keltiradi.
Biz bir neçta ma’lumotni keltirib, bu asossiz deb körsatsak, u yerda uning aybi belgilangan hujjatlar bilan öz tasdiğini topadi deb qöyiladi, şu bilan biz yana şikoyat qilişimizga töğri keladi.
Şuning uçun intizomiy jazoni kuçaytiriş kerak. Agar sudyalarimiz tomonidan şu sudyaning bilimi yetarli darajada bölmagani uçunmi yoki biror bir xatolikka yöl qöyilgani sabablimi adolatsiz qaror çiqarib qöyib va bu adolatsiz çiqarilgan sud qarori yuqori sudlar tomonidan bekor qilinsa yoki özgartirilsa, sudyaga nisbatan intizomiy jazo çoralarini ma’lum bir darajada kuçaytirilsa, sudyalarimiz ham öz ustida işlab, adolatli qaror qabul qilişga zamin yaratgan bölar edi.
– Ya’ni işi Oliy sudda yoki yuqori instansiya sudida körib çiqilib rad etilsa, sudyalarga qandaydir ta’sir çoralarini qöllaş kerak, deb hisoblaysiz?
– Endi bu narsa balkim ularning tizimida bordir. Hozir sudyalar oliy kengaşi bor. Sudyalarning adolatli va qonunçilikka binoan hukm çiqarişini nazorat qiladigan idora bor. Balkim ularda şu narsa bordir.
Masalan, hozir Sudyalar oliy kengaşi faoliyat yuritmoqda, u sudyalarning qonunlarga rioya etişi, adolatli qaror çiqarişini nazorat qilib boradi. Balki men aytayotgan mexanizm allaqaçon yölga qöyilgandir, lekin biz bu haqda bilmaymiz, fuqarolarning ham xabari yöq.