Kun.uz manbasi xabariga köra, yiğiliş tanqidiy ruhda ötyapti.
Yiğilişda ma’lum qilinişiça, sönggi paytlarda sud organlariga nisbatan aholining haqli e’tirozlar haddan ziyod köpayib, aholi tomonidan köplab adolatsizliklar yuzasidan şikoyatlar soni keskin ortib ketgan.
“Umid qilamizki, uşbu yangi tayinlov aynan uşbu muammolar yeçimi hamda sud organlarini tubdan isloh qiliş uçun xizmat qiladi”, dedi Sardor Umrzoqov.
Prezident administratsiyasi yangi rahbariyati islohotlarni aynan sud tizimidan boşlagani bejiz emas. Sönggi paytlarda aholi tomonidan tizim böyiça şikoyatlar soni keskin ortib ketgani kuzatilmoqda.
Bundan oldin Şavkat Mirziyoyev öz maslahatçisi Baxtiyor Islomov nomzodini Oliy sud raisi lavozimiga, Kozimjon Komilov nomzodini Konstitutsiyaviy sud sudyasi lavozimiga körsatib, Senatga taqdimnomalar kiritgandi.
10 avgust kuni video-konferens-aloqa tarzida bölib ötgan Oliy Majlis Senatining öttizinçi yalpi majlisida prezident Şavkat Mirziyoyev tomonidan taqdim qilingan nomzodlar lavozimga tasdiqlandi.
Baxtiyor Islomov bungaça prezidentning huquqni muhofaza qiluvçi va nazorat organlari faoliyatini muvofiqlaştiriş masalalari böyiça maslahatçisi sifatida işlab kelayotgandi.













