Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Germaniyada Ukrainaga qurol yetkazib berilishiga qarshi miting bo‘lib o‘tdi
Rossiyaparast miting ishtirokchilari Rossiyaga qarshi sanksiyalarni bekor qilishni va «Shimoliy oqim 2»ni ishga tushirishni talab qildi. Bunga parallel ravishda Rossiyaga nisbatan siyosatni yumshatishga qarshi namoyishlar bo‘lib o‘tdi.
Kyolnda 4 sentabr, yakshanba kuni bir necha yuzlab rossiyaparast namoyishchilar Germaniyaning Ukrainaga qurol-yarog‘ yetkazib berishiga qarshi mitingga chiqdi. Namoyishchilar, shuningdek, Rossiyaga qarshi sanksiyalarni bekor qilishni va «Shimoliy oqim 2» gaz quvurini ishga tushirishni talab qildi.
Turli manbalarga ko‘ra, mitingda 400 nafardan 800 nafargacha odam qatnashgan. Tadbirdan oldin e’lon qilingan ishtirokchilar soni 1000-2000 edi. WDR telekompaniyasining qayd etishicha, namoyishchilar Rossiyaning Ukrainaga qarshi agressiv harakatlarini qo‘llab-quvvatlab, ularni o‘zini himoya qilish zarurati bilan oqlagan. Namoyishda Germaniyada yashovchi rusiyzabon diaspora vakillaridan tashqari Shimoliy Reyn-Vestfaliya va Sharqiy Germaniyadan kelgan taniqli o‘ng ekstremistlar ham qatnashgan.
Miting tashkilotchilari Donbassdagi Rossiya tomonidan qo‘llab-quvvatlanayotgan ayirmachi kuchlar uchun xayriya yig‘gan, deb yozadi Reuters.
Rossiyaparastlarning yurishiga javoban Kyoln markazida Rossiyaga nisbatan siyosatni yumshatishga qarshi chiqqanlar tomonidan qarshi namoyishlar o‘tkazildi. OAV xabarlariga ko‘ra, bu yurishlar bir necha yuz ishtirokchini jamlagan.
Aksiya sodir bo‘lgan hududda politsiyaning katta kontingenti navbatchilik qilgan. Butilkalar va petardalar rossiyaparast miting ishtirokchilari tomon otilgan. Shu bilan birga, politsiyaga ko‘ra, namoyishlar jiddiy hodisalarsiz o‘tgan.
Mavzuga oid
21:45 / 17.06.2026
Audi yangi avlod A6 Allroad’ni taqdim etdi
20:04 / 17.06.2026
O‘zbekiston va Germaniya prezidentlari bir qator iqtisodiy loyihalarni ishga tushirdi
15:51 / 17.06.2026
Rossiya ichkarisiga dron hujumlari bilan Ukraina nimaga erishyapti?
10:05 / 17.06.2026