Jahon | 21:11 / 05.09.2022
17501
1 daqiqa o‘qiladi

Yil oxiriga qadar dunyoning 101 mamlakatida tartibsizliklar yuz berishi mumkin – Bloomberg 

Yevropa ittifoqi mamlakatlarida energiya narxlari oshishi fonida ommaviy tartibsizliklar yuz berishi ehtimoli kuchaymoqda. 

Foto: Reuters

2022 yilning uchinchi choragida dunyoning 101 mamlakatida ommaviy tartibsizliklar yuz berishi xavfi kuchayadi. Bu haqda Bloomberg agentligi Britaniyaning Verisk Maplecroft konsalting kompaniyasi tadqiqotiga tayanib xabar berdi. 

Ekspertlarning xulosasiga ko‘ra, 198 mamlakatdan 101tasida ommaviy noroziliklar kuchayishi ehtimoli qayd etilgan. Shu bilan birga, 42 mamlakatda bu xatar pasaygan. 

Agentlikning qayd etishicha, Yevropa ittifoqi mamlakatlarida energiya narxlari oshishi fonida ommaviy tartibsizliklar yuz berishi ehtimoli kuchaymoqda.  

Rivojlanayotgan mamlakatlarda esa oziq-ovqat mahsulotlari narxining qimmatlashi va global oziq-ovqat inqirozi xavfi ortidan noroziliklar kuchayishi mumkin. 

Kuz va qish davrida energetik inqiroz Yevropada yashash qiymatining o‘sishiga olib kelishi kutilmoqda. Qurg‘oqchilik va ichimlik suvi tanqisligi ko‘plab mamlakatlarda oziq-ovqat narxining oshishiga va noroziliklarga olib kelishi mumkin. 

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid