Çinozda ommaviy tartibsizlik keltirib çiqarmoqçi bölgan ikki kişi jinoiy jazoga tortildi. Bu haqda Toşkent viloyati sudlari axborot xizmati xabar berdi. Kun.uz sud hujjati bilan tanişdi.
Sud hukmida keltirilişiça, Toşkent viloyatining Çinoz tumanida yaşovçi 33 yoşli A.O. va 40 yoşli B.Ş. 2025 yil 4 mart kuni özaro til biriktirib, ommaviy tartibsizlik keltirib çiqarişga urinişgan. Xususan, A.O. bundan bir kun oldin, ya’ni 3 mart kuni özining Telegram profili orqali guruhlardan biriga videoxabar yöllab, odamlarni avtomaşinalarga gaz töldiriş şoxobçasiga bormasdan, M-39 “Toşkent-Termiz” yölini tösişga da’vat qilgan. Şunda mas’ul rahbarlar kelib, avtomaşinalarga gaz töldiriş şoxobçasini oçib berişini aytgan.
Şundan söng ular 4 mart kuni soat 11:40 larda M-39 “Toşkent-Termiz” yölining Çinoz tumani, Markaziy mahallasi hududidan ötgan qismi yaqinidagi “metan-zapravka”ga kelişgan. A.O. va B.Ş. bu yerda avtomobil yölini tösiş va şu orqali ommaviy tartibsizliklar keltirib çiqarişni maqsad qilgan. Ular şoxobçada navbatda turgan haydovçilarga birgalikda yölni yopib qöyişni aytgan. Keyin gaz töldiriş uçun navbatda turgan fuqaro Ş.M.ni boşqaruvidagi HOWO yuk maşinasi bilan yölni tösib qöyişga majburlaşgan.
Şu tariqa A.O. va B.Ş. yuk maşinasi bilan “Toşkent-Termiz” yölining Toşkent şahriga ketiş yönalişidagi qismini tösişgan. Oqibatda yölning qatnov qismida tirbandlik yuzaga kelib, fuqarolar ommaviy töplangan. A.O. uşbu holatni telefonida tasvirga olib, Telegram guruhda tarqatgan.
Bundan taşqari, A.O. tuhmat hamda jamoat xavfsizligi va jamoat tartibiga tahdid soladigan materiallarni tayyorlaş, saqlaş, tarqatiş yoki namoyiş etiş jinoyati bilan ham ayblangan.
A.O. sudda aybiga qisman iqror bölib, odamlarni ommaviy tartibsizlikka da’vat qilmaganini, yuk maşinasi haydovçisiga yölni tösişni aytmaganini bildirgan. U oilada yolğiz boquvçiligini ma’lum qilib, suddan yengillik söragan. B.Ş. ham şunga öxşaş körsatma bergan.
JIB Oqqörğon tuman sudining 2025 yil 13 oktyabrdagi hukmi bilan A.O. Jinoyat kodeksining 140-moddasi (Haqorat qiliş) 3-qismi “a” bandi, 244-1-moddasi (Jamoat xavfsizligi va jamoat tartibiga tahdid soladigan materiallarni tayyorlaş, saqlaş, tarqatiş yoki namoyiş etiş) 3-qismi “g” bandi va 244-moddasi (Ommaviy tartibsizliklar) 2-qismi “a,b” bandlarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilgan. Unga 5,5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlangan. B.Ş. esa Jinoyat kodeksining 244-moddasi 2-qismi “a,b” bandlari bilan 3,5 yilga ozodlikdan mahrum etilgan.

















