O‘zbekiston | 11:31 / 07.09.2022
2264
1 daqiqa o‘qiladi

Parlamentlararo ittifoq ayol rahbarlari sammitida Toshkent deklaratsiyasi qabul qilinadi 

Parlamentlararo ittifoqqa a’zo davlatlar ayol rahbarlarining sammitida Toshkent deklaratsiyasi qabul qilinadi. Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda Senat axborot xizmati rahbari Hojiakbar To‘laganov ma’lum qildi.

Hojiakbar To‘laganov

2022 yilning 8-9 sentabr kunlari Tashkent city Congress Hall’da parlamentlararo ittifoqqa a’zo davlatlar parlamentlari ayol rahbarlari 14-sammiti bo‘lib o‘tadi.

Sammitda 22 ta davlatdan 140 dan ortiq yetakchi ayol (spikerlar), deputat ayollar, xalqaro parlamentlararo tashkilotlar vakillari ishtirok etadi.

Ushbu keng miqyosli tadbir MDH mamlakatlari orasida O‘zbekistonda ilk bor o‘tkazilmoqda. Sammit mavzusi “Parlament yetakchiligi: barqarorlik va farovonlikni yanada samarali ta’minlashda xavf-xatarlarni baholash”.

Sammit doirasida prezident Shavkat Mirziyoyev parlamentlararo ittifoqqa a’zo davlatlar parlamentlari ayol rahbarlari 14-sammiti ishtirokchilari hamda parlamentlararo ittifoq bosh kotibi Martin Chungongni qabul qilishi rejalashtirilgan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid