Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Charlz III o‘g‘li Uilyamni Uels shahzodasi deb e’lon qildi
Charlz IIIning o‘zi ham taxtga o‘tirguniga qadar Uels shahzodasi deb atalgan. Uels shahzodasi taxtga vorislik qilishda birinchi o‘rinda turadi.
Buyuk Britaniya qiroli Charlz III televideniye orqali millatga ilk murojaati bilan chiqdi. Bu haqda The Guardian xabar berdi.
Qirol nutqini onasi, qirolicha Yelizaveta IIni xotirlash bilan boshladi.
«Qirolicha Yelizaveta munosib hayot kechirdi. U bergan va’da bajarildi va biz uning vafotidan chuqur qayg‘udamiz. Butun umr davomida xizmat qilish to‘g‘risidagi ushbu va’dani bugun men beraman», — dedi u.
Charlz III shuningdek, nutqi davomida o‘g‘li Uilyamni Uels shahzodasi deb e’lon qildi. Bu uning taxtga vorislik qilishda birinchi o‘rinda turishini anglatadi.
Charlz IIIning o‘zi ham taxtga o‘tirguniga qadar Uels shahzodasi deb atalgan. Uning o‘g‘illari ham shunday deb chaqirilgan, faqat bu nominal edi. Endilikda Uilyam bu unvonga rasman ega bo‘ldi.
Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizaveta II 8 sentabr kuni 96 yoshida vafot etdi. U 70 yil mobaynida Buyuk Britaniya, Kanada, Avstraliya va yana 12 mustaqil davlatni boshqardi. Yelizaveta II 1952 yil 6 fevralida taxtga o‘tirgandi.
Mavzuga oid
18:06
Shavkat Mirziyoyev lord Stokvud boshchiligidagi Britaniya delegatsiyasini qabul qildi
10:30 / 16.06.2026
BBC va FT: Starmer bilan bog‘liq yong‘inlar ortida Rossiya izi bo‘lishi mumkin
23:06 / 15.06.2026
Britaniyada 16 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun ijtimoiy tarmoqlar taqiqlanadi
19:31 / 14.06.2026