Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jismoniy shaxslarga muqobil energiya qurilmalarini foizsiz bo‘lib-bo‘lib to‘lagan holda sotib olish imkoniyati yaratiladi
Qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarining qiymatini to‘liq to‘lagan holda ularni xarid qilgan va o‘rnatgan iste’molchilarga xarid xarajatlarining bir qismi kompensatsiya qilinadi.
Prezidentning “Energiya tejovchi texnologiyalarni joriy qilish va kichik quvvatli qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni qabul qilindi.
Hujjatga ko‘ra, 2022 yil 1 oktyabrdan boshlab:
- jismoniy shaxslarga Energetika vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Tarmoqlararo energiyani tejash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan respublikada ishlab chiqarilgan quyosh va shamol elektr stansiyasi hamda quyosh suv isitish qurilmalarini 3 yil mobaynida foizsiz bo‘lib-bo‘lib to‘lagan holda sotib olish imkoniyati yaratiladi;
- qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarining qiymatini to‘liq to‘lagan holda ularni xarid qilgan va o‘rnatgan iste’molchilarga xarid xarajatlarining bir qismi Jamg‘arma hisobidan kompensatsiya qilinadi;
- iste’molchilar tomonidan qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalari to‘g‘ridan-to‘g‘ri mahalliy ishlab chiqaruvchi korxonalar, yetkazib berish, o‘rnatish va ishga tushirish xizmatlarini ko‘rsatuvchi korxonalar, mahalliy chakana savdo obektlaridan, shu jumladan elektron tijorat vositalari orqali sotib olinganda bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyati beriladi yoki yakuniy chakana narxdan kompensatsiya miqdori chegirib tashlanadi.
Moliya vazirligi 2022 yil yakuniga qadar ushbu xarajatlarni moliyalashtirish uchun Jamg‘armaga uning asoslantirilgan talabnomalariga muvofiq Davlat budjeti hisobidan 100 milliard so‘m miqdoridagi mablag‘larning ajratilishini ta’minlaydi.
Avvalroq qayta tiklanuvchi energiya manbalarini o‘rnatgan ayrim fuqarolar 3 yil mol-mulk va yer solig‘ini to‘lamasligi haqida xabar qilingandi.
Mavzuga oid
10:30
O‘zbekistonda 11 ta chiqindidan energiya ishlab chiqarish zavodi quriladi
08:16 / 19.06.2026
Qaysi davlatlar energiyani iste’mol qilganidan ko‘proq ishlab chiqaradi?
18:57 / 15.06.2026
Yaponiya O‘zbekistonda energiya samaradorligini oshirish uchun 230 mln dollar kredit ajratadi
21:33 / 25.04.2026