Davlat soliq qömitasi xabariga köra, 2026 yilga qadar qayta tiklanuvçi energiya manbalari uluşini 25 foizga yetkaziş rejalaştirilgan.
Bildirilişiça, mamlakatda «yaşil» energiyani rivojlantirişda quyidagi imtiyozlarni taqdim etiş orqali soha tadbirkorlari uçun qulay soliq muhitini yaratiş qöllab-quvvatlanmoqda:
yuridik şaxslar uçun:
- QTE manbalari qurilmalarini (nominal quvvati 0,1 MVt va undan ortiq bölgan) örnatganlik uçun QTE manbalaridan energiya işlab çiqaruvçilar, ular foydalanişga joriy etilgan paytdan e’tiboran 10 yil muddatga mol-mulk soliğidan ozod etiladi - Soliq kodeksi 414-modda;
- qayta tiklanadigan manbalardan energiya işlab çiqaruvçilar QTE manbalari (nominal quvvati 0,1 MVt va köproq) uskunalari egallagan yer uçastkalari böyiça ular işga tuşirilgan paytdan e’tiboran 10 yil muddatga yer soliğidan ozod etiladi - Soliq kodeksi 428-modda;
jismoniy şaxslar uçun:
- energiya resurslari amaldagi tarmoqlaridan töliq uzib qöyilgan turar joylarda QTE manbalaridan foydalanuvçi şaxslar mulkida bölgan mol-mulkka QTE manbalari örnatilgan oydan e’tiboran 3 yil muddatga mol-mulk soliği solinmaydi - Soliq kodeksi 421-modda;
- energiya resurslari amaldagi tarmoqlaridan töliq uzib qöyilgan turar joylarda QTE manbalaridan foydalanuvçi şaxslar uşbu yerlar uçun QTE manbalari örnatilgan oydan e’tiboran 3 yil muddatga yer soliğidan ozod etiladi - Soliq kodeksi 436-modda.












