AQSh yana Navalniyni zudlik bilan ozod qilishga chaqirdi
Vashington Aleksey Navalniyning advokat bilan muloqot qilishiga to‘sqinlik qilinayotganidan va mayda qoidabuzarliklar uchun muntazam ravishda jazo kamerasiga yuborilayotganidan «qattiq xavotirda».
Qo‘shma Shtatlar yana Aleksey Navalniyni zudlik bilan ozod qilishga chaqirdi. Davlat departamenti matbuot kotibi Ned Prays 8 sentabr, juma kuni Vashington Rossiya hukumati Vladimir oblastidagi 6-sonli tartibli koloniya (IK-6)da jazo o‘tayotgan rossiyalik muxolifat yetakchisiga qanday munosabatda bo‘layotganidan «qattiq xavotirda» ekanini aytdi.
Praysning ta’kidlashicha, koloniya ma’muriyati Navalniyning advokati bilan muloqot qilishiga to‘sqinlik qilmoqda. Bundan tashqari, muxolifatchi muntazam ravishda jazo izolyatoriga (JIZO) jo‘natiladi va bu u tomonidan sodir etilgan kichik qonunbuzarliklar bilan oqlanyapti, deya qo‘shimcha qildi Davlat departamenti vakili.
Navalniyga nisbatan bunday munosabat rossiyalik muxolifat yetakchisiga nisbatan «siyosiy sabablarga ko‘ra ta’qib qilinayotganining dalilidir», deya Prays so‘zlaridan iqtibos keltirgan Reuters.
9 sentabr kuni Navalniyning ijtimoiy tarmoqlarida IK-6 rahbariyati uni advokatlik siri imtiyozidan mahrum qilgani, bu muxolifatchi «jinoyatchilik bilan shug‘ullanishni to‘xtatmayotgani» bilan izohlangani haqida xabar paydo bo‘ldi. Endi siyosatchi o‘z advokatini yolg‘iz ko‘ra olmaydi va advokatning barcha kiruvchi va chiquvchi hujjatlari uch kunlik tekshiruvdan o‘tkaziladi. Shu munosabat bilan Navalniy uning himoyaga ega bo‘lishi huquqi bo‘yicha «rasmiy ravishda hech narsa qolmaganini» yozdi.
Shu bilan birga, avgust oyining boshidan boshlab, koloniya rahbariyati Navalniyni, masalan, ish kiyimining yuqori tugmasi yechib qo‘yilgani yoki «juda siyosiy faolligi» kabi «qoidabuzilishlar» uchun muntazam ravishda JIZOga yubora boshladi. 12 avgustdan 8 sentabrgacha muxolifatchi JIZOda 21 kun o‘tkazdi va endi yana 12 kunni o‘tkazadi.
Sentyabr oyi boshida Navalniy Vladimir koloniyasi boshlig‘iga qarshi ma’muriy da’vo kiritgani, buni tugmasi yechib qo‘yilgani uchun jazo kamerasiga o‘tkazilishini noqonuniy deb topish maqsadida qilganini bildirdi. 11 avgust kuni siyosatchi o‘z ijtimoiy tarmoqlarida «jazoni ijro etish tizimi korxonalarida ishlaydigan fuqarolar» kasaba uyushmasi tashkil etilishini ma’lum qildi. Shu munosabat bilan u koloniya ma’muriyatidan ogohlantirish oldi, keyinchalik bu bo‘yicha sudga shikoyat qildi.
Mavzuga oid
22:33 / 07.10.2024
AQSh Qozog‘istonda AES qurish bo‘yicha tenderda ishtirok etish istagini bildirdi
21:16 / 06.10.2024
Tramp saylovda g‘alaba qozonsa, amerikaliklarni Marsga qo‘ndirishga va’da berdi
09:51 / 06.10.2024
Dollarning kelajagiga shubhalar qanchalik asosli?
23:09 / 05.10.2024