Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
BMT: Rossiya Ukraina bilan urushga qarshi bo‘lganlarni ta’qib qilmoqda
Foto: RIA Novosti
Urushga qarshi bo‘lganlarning ta’qib qilinishi Rossiya konstitutsiyasida kafolatlangan erkinliklarga putur yetkazadi, deya ta’kidladi BMT Inson huquqlari kengashi. Huquq faollari Rossiyada inson huquqlari buzilishi holatlarini tekshirish uchun mustaqil organ tuzishga chaqirdi.
Rossiya hukumati Rossiyaning Ukraina bilan urushiga qarshi bo‘lganlarni ta’qib qilmoqda va qo‘rqitmoqda hamda so‘z, yig‘ilish va so‘z erkinligini cheklash bo‘yicha qo‘shimcha choralar ko‘rmoqda, deya ma’lum qildi BMTning Inson huquqlari bo‘yicha oliy komissari vazifasini bajaruvchi Nada al-Nashif 12 sentabr, dushanba kuni Jyenevada BMT Inson huquqlari kengashi yig‘ilishining ochilishida.
«Rossiya Federatsiyasida Ukrainadagi urushga qarshiligini bildirgan odamlarga nisbatan amalga oshirilayotgan ta’qiblar, cheklovchi choralar va repressiyalar konstitutsiya bilan kafolatlangan asosiy erkinliklarga, jumladan, so‘z, yig‘ilish va uyushmalar erkinligi huquqiga putur yetkazadi», — dedi al-Nashif. Shuningdek, u Rossiya rasmiylari jurnalistlarga bosim o‘tkazish, senzura joriy etish va internetga kirishni to‘sib qo‘yish orqali axborotdan erkin foydalanish huquqini buzayotganini ta’kidladi.
24 fevral kuni Ukrainaga qurolli bosqin boshlanganidan keyin Rossiya BMT Inson huquqlari kengashidan chiqarib yuborildi. Bir qator inson huquqlari tashkilotlari kengashni Rossiyada ehtimoliy inson huquqlari buzilishini tekshirish uchun mustaqil organ tuzish talabi bilan rezolyutsiya qabul qilishga chaqirdi.
Rossiyada Ukrainaga bostirib kirish boshlanganidan beri urushga qarshi namoyishlarning 16 mingdan ortiq ishtirokchisi qo‘lga olindi, armiyani obro‘sizlantirish ma’muriy moddasi bo‘yicha uch mingdan ortiq bayonnoma tuzildi, Rossiya armiyasiga qarshi «feyklar» moddasi bo‘yicha yuzdan ortiq jinoiy ish qo‘zg‘atildi.
O‘nlab odamlar, jumladan Vladimir Kara-Murza va Ilya Yashin kabi taniqli siyosatchilar hibsga olingan. Minglab saytlar bloklangan.
Mavzuga oid
21:43 / 03.02.2026
Ukraina Yevropa va AQSh bilan kelajakda Rossiyaga harbiy javob choralarini kelishib oldi
21:38 / 03.02.2026
Rossiyaning tanaffusi bir haftaga bormadi. –20 daraja sovuqda energetika tizimiga zarbalar qaytadan boshlandi
16:05 / 03.02.2026
Rossiya olimlarning “do‘st bo‘lmagan” davlatlarga safarlarini chekladi
15:26 / 03.02.2026