9 sentabr kuni Birlaşgan Arab Amirliklarining Mubadala va TAQA kompaniyalari bilan Qaşqadaryo viloyatidagi “Talimarjon” IESga investitsiyalar kiritişni nazarda tutuvçi bitim imzolangan.
Investitsiyalar vazirligi xabariga köra, bitim doirasida “Talimarjon” issiqlik elektr stansiyasini boşqaradigan qöşma korxona taşkil etiladi. BAA kompaniyalari qöşma korxonaning 300 million dollarlik ustav kapitalidagi 80 foiz uluşi uçun tölov hamda ilgari “Talimarjon” IES AJ tomonidan jalb qilingan taxminan 700 mln dollarlik kreditlarni tölaşga yönaltiriladigan mablağlarni investitsiya sifatida kiritişi kerak.
Umumiy hisobda esa Mubadala va TAQA kompaniyalarining deyarli 1 milliard dollar sarmoya kiritişi közda tutilgan.
TAQA kompaniyasining rasmiy sahifasida yozilişiça, BAAning har ikkala kompaniyasi qöşma korxonaning 40 foizdan uluşiga ega bölgan. Qolgan 20 foiz uluşga esa “Talimarjon” IES AJ egalik qiladi. Kelişuv 2023 yilning ikkinçi yarmida yakunlanişi belgilangan.
Talimarjon IESni xususiylaştiriş jarayoni boşlandimi?
Davletov.uz Telegram-kanali muallifi Qobil Xidirov Investitsiyalar va taşqi savdo vazirligining rasmiy axborotida qöşma korxona taşkil etilişi haqida xabar berilgan bölsa-da, taqdim qilingan suratlardagi orqa fonda “xususiylaştiriş marosimi” deb yozilganiga e’tibor qaratdi.
“Qanaqadir tuşunarsiz. Nega xususiylaştiriş jarayoni boşlangani yoki bölib ötgani haqida aniq-tiniq aytilmayapti? “Talimarjon” xususiylaştirilişi haqida oldin ham gapirilgan. “Talimarjon” IES AJdagi davlat uluşi ham qöşma korxonadagi uluşlar böyiça taqsimlanadimi? Qöşma korxonaning vazifasi nimadan iborat? Boşqaruv kompaniyasi kabimi yoki tasarruf etadimi? Bu davlat xususiylaştiriş dasturi doirasida yuz beryaptimi? Alaloqibat, jaydariçasiga aytganda, qançaga xususiylaştirilmoqda? Bizningça, bitim şartlari haqida batafsilroq axborot berilişi kerak”, deya bir qança savollarni örtaga taşlagan bloger.
“Angren” va “Yangi Angren” IESlar taqdiri takrorlanmaydimi?
Iqtisodçi Otabek Bakirovning ta’kidlaşiça, yaqin ötmişdagi muhim energoaktivlarni işonçli boşqaruvga beriş böyiça “aççiq va ayançli tajriba” hisobga olinişi kerak.

















