O‘zbekiston | 19:14 / 14.09.2022
9702
1 daqiqa o‘qiladi

Ayrim toifadagi fuqarolarga “proaktiv” shaklda nafaqa tayinlanadi

Oktabr oyidan nogironligi bo‘lgan yoki  odamning immunitet tanqisligi virusi keltirib chiqaradigan kasallikka chalingan 18 yoshgacha bo‘lgan bolalar, shuningdek, parvarishlash nafaqalari fuqaroning murojaatisiz davlat xizmatlarini “proaktiv” shaklda ko‘rsatish amaliyoti orqali joriy qilinadi.

Foto: Ramiz Baxtiyarov

2022 yil 17 fevral kuni “Nogironligi bo‘lgan shaxslarni hamda aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qo‘llab-quvvatlashning qo‘shimcha chora- tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident farmoni qabul qilingandi.

Mazkur farmonning 4-bandiga muvofiq 2022 yil oktabr oyidan boshlab 18 yoshgacha nogironligi bo‘lgan bolalar va odamning immunitet tanqisligi virusi keltirib chiqaradigan kasallikka chalingan bolalarga to‘lanadigan nafaqalarni hamda parvarishlash nafaqasini fuqarolardan hech qanday murojaat talab etilmasdan “proaktiv” shaklda tayinlash tizimi joriy etilmoqda.

Qayd etilishicha, yuqoridagi tartib joriy qilinishi bilan bir yilda o‘rtacha 70 mingdan ziyod fuqarolarning nafaqa tayinlash uchun murojaat qilish amaliyoti bekor qilinadi va ushbu ijtimoiy to‘lovlar axborot tizimlaridan olingan ma’lumotlar asosida avtomat ravishda tayinlanishiga erishiladi.

Достон Аҳроров
Tayyorlagan Достон Аҳроров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid