Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yelizaveta II’ning dafn marosimi Buyuk Britaniya kinoteatrlarida jonli efirda namoyish etiladi
Marosimni mamlakat bo‘yicha kamida 150ta kinoteatr translatsiya qiladi.
19 sentabr kuni Yelizaveta II’ning dafn marosimi tufayli Buyuk Britaniyadagi aksariyat kinoteatrlar vaqtinchalik yopiladi, biroq ko‘plab yirik maydonlar dafn marosimini translatsiya qilish uchun ochiq qoladi. Bu haqda Independent nashri xabar berdi.
Arc, Curzon tarmoqlari kinoteatrlari odatiy seanslarni bekor qilib Yelizaveta II’ning dafn marosimini namoyish etadi. Translatsiyalar bepul bo‘ladi, faqat namoyishni tomosha qilish uchun oldindan ro‘yxatdan o‘tish kerak bo‘ladi. Shuningdek, namoyishga tomoshabinlarning popkorn bilan kirishi taqiqlanadi.
Nashrning ma’lumot berishicha, marosimni mamlakat bo‘yicha kamida 150ta kinoteatr translatsiya qiladi.
Yelizaveta II 8 sentabr kuni 96 yoshida vafot etdi. U Buyuk Britaniya taxtini 70 yil boshqardi.
Yelizaveta II’ning dafn marosimi 19 sentabr kuni Londondagi Vestminster abbatligida o‘tkaziladi.
Mavzuga oid
21:46 / 23.11.2024
Charlz III ning toj kiyishi britaniyaliklarga 90 mln dollarga tushgani ma’lum bo‘ldi
10:59 / 07.11.2024
Qirolicha Yelizaveta II va shahzoda Filippning to‘yidagi tort bo‘lagi kimoshdi savdosida sotildi
21:51 / 13.09.2024
Britaniyada Yelizaveta II ning yangi haykali paydo bo‘ldi. U ko‘plab bahslarga sabab bo‘lmoqda
18:36 / 01.01.2023