Artemis dasturi nima va odamlar nega Oyga qaytmoqda?

AQŞ sobiq vitse-prezidenti Mayk Pens yaqin yillarda odamlar Artemis missiyasi doirasida Oyga qönişini rasman va’da qilgandi. Bunday loyiha nega kerak bölib qolganini NASA şunday tuşuntirdi: «Biz Oyga ilmiy kaşfiyotlar, iqtisodiy manfaatlar va tadqiqotçilarning yangi avlodini ilhomlantiriş uçun qaytyapmiz. Artemis missiyasi kelajakdagi parvozlar uçun asosdir».

Artemis missiyasi aniq belgilangan uçta bosqiçdan iborat:

  • Artemis I (2022): ekipajsiz sinov parvozi;
  • Artemis II (2024): ekipajning Oy atrofidagi parvozi;
  • Artemis III (2025): ekipajning parvozi va Oyga qönişi.

AQŞ hukumati uşbu missiyani töliq qöllab-quvvatlayapti va kelgusi yillardagi barça xarajatlar uçun mablağ ajratgan.

Artemis I missiyasi 42 kun davom etadi – u raketaning ekipaj bilan birga uçişga tayyorligini namoyiş qilişi kerak. Buning uçun Boeing kompaniyasi Orion kosmik kemasini oyga yetkazadigan SLS raketa-taşuvçisini işlab çiqqan.

Foto: NASA

SLS raketasi balandligi qariyb 100 metr, oğirligi 2,5 ming tonna va tortiş kuçi 4 ming tonnaga yetadi. Orion kapsulasi tört nafar astronavtni olib yuradi va boşqa kosmik kemaga tutaşmasdan 21 kun davomida parvoz qilişga qodir. Artemis I missiyasida uning Yerga qayta olişi sinovdan ötkaziladi va parvoz paytida astronavtlar duç keladigan ehtimoliy yuklamalar hisoblab çiqiladi.

Artemis dasturining asosiy maqsadi – kosmik tadqiqotlar uçun poydevor yaratiş. Uning kiçik maqsadlari ham bor: yonilği va quriliş materiallari uçun muqobil resurslardan foydalaniş, kosmik iqtisodiyotning poydevorini bosqiçma-bosqiç işlab çiqiş. Artemis tajribasi, boşqa narsalar qatori, önlab yillardan keyin Oyga tijorat parvozlarini amalga oşiriş uçun ham qöllanişi mumkin.

Jon Kennedi nomidagi kosmik markaz direktori Bob Kabana Oyning yangi tadqiqoti bilan boğliq global voqealarni başorat qildi, ular insoniyat kelajagi bilan boğliq: «Biz öz sayyoramizdan taşqariga çiqib, Quyoş tizimi böylab sayohat qiliş imkoniyatini örganişimiz kerak. Agar biz omon qolişni istasak, bu juda muhim böladi. Kim bilsin, bir kun kelib bu asqatişi mumkin».

Artemis I bu boradagi dastlabki qadam böladi. AQŞ Harbiy-havo kuçlari aviatsiya va kosmik tadqiqotlar maktabi professori Vendi Uitman Kobbning sözlariga köra, bu juda muhim bosqiç hisoblanadi. «Raketaning qançalik töğri işlaşini aniqlab oliş zarur. Agar muvaffaqiyatli çiqsa, NASA keyingi ikki yil içida amalga oşiriladigan barça missiyalar uçun poydevorga ega böladi».