O‘zbekiston va Turkiya prezidentlari Samarqandda uchrashuv o‘tkazdi

Foto: Prezident matbuot xizmati
16 sentabr kuni ShHTning Samarqand sammiti doirasida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Rajab Toyyib Erdo‘g‘an O‘zbekiston rahbarini ShHT sammiti muvaffaqiyatli o‘tkazilgani bilan tabriklab, faxriy mehmon sifatida ishtirok etish taklifi uchun minnatdorlik bildirdi.
Uchrashuvda yetakchilar o‘zaro hurmat, do‘stlik va ishonchga asoslangan ko‘p qirrali O‘zbekiston-Turkiya hamkorligini faollashtirish masalalari yuzasidan fikr almashdilar.
O‘zaro munosabatlar har tomonlama strategik sheriklik darajasiga ko‘tarilgani asnosida siyosiy-diplomatik, parlamentlararo, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar aloqalarni yanada chuqurlashtirish muhimligi alohida ta’kidlandi.
Tomonlar joriy yil 29-30 mart kunlari Toshkentda oliy darajadagi uchrashuvlarda erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish doirasida o‘zaro muloqotlar salmoqli darajada faollashganini mamnuniyat bilan qayd etdilar.
Ikki mamlakat o‘rtasidagi savdo ko‘rsatkichlarida sezilarli o‘sish kuzatilmoqda. Xususan, o‘tgan yilda tovar ayirboshlash 60 foizdan oshdi.
Qo‘shma korxonalar soni 2 mingdan ortdi. Birgina joriy yilning o‘tgan davrida yarim milliard AQSh dollariga yaqin investitsiyalar o‘zlashtirildi.
Turkiya kompaniyalari O‘zbekistondagi davlat korxonalarini xususiylashtirish jarayonida ishtirok etishga katta qiziqish bildirmoqda.
Qishloq xo‘jaligi, transport, elektrotexnika, to‘qimachilik va charm sanoati, innovatsiyalar, yuksak texnologiyalar, turizm va madaniyat sohalarida yangi qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga kelishib olindi.
Istiqbolli yo‘nalish sifatida energetika tarmog‘i alohida qayd etildi. Keyingi yillarda tomonlar qariyb 1 milliard dollarlik loyihalarni amalga oshirmoqda.
Uchrashuvda bo‘lajak tadbirlar, shu jumladan Samarqandda o‘tkazilishi rejalashtirilgan Turkiy davlatlar tashkiloti sammitining rejasi ko‘rib chiqildi.
O‘zbekiston va Turkiya prezidentlarining uchrashuvi har doimgidek samimiy, ochiq va do‘stona ruhda o‘tdi.
Tavsiya etamiz
Toshkentda yo‘l o‘rtasidagi birinchi tezyurar yo‘lak qurilishi boshlanadi
O‘zbekiston | 19:08 / 13.05.2025
1 iyundan O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida 30 kunlik vizasiz rejim kuchga kiradi
O‘zbekiston | 17:29 / 13.05.2025
O‘zbekistonliklar eng ko‘p Green Card yutganlar orasida 1-o‘rinni egalladi
Jahon | 22:24 / 12.05.2025
Hindiston va Pokiston: kimning armiyasi kuchliroq?
Jahon | 19:21 / 09.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Zelenskiy: Ukraina muzokaralarning har qanday formatiga tayyor
Jahon | 23:40 / 14.05.2025
-
BMT: Afrikada har 6 soniyada ochlikdan bir bola vafot etmoqda
Jahon | 23:35 / 14.05.2025
-
Bolalar hayvonot bog‘ida kenguru bilan mushtlashgan erkak vafot etdi
Jahon | 23:14 / 14.05.2025
-
14 may yangiliklari: O‘zbekistonda ro‘y bergan muhim voqea va hodisalar
O‘zbekiston | 22:59 / 14.05.2025
Mavzuga oid

17:14 / 14.05.2025
Erdo‘g‘an KIP haqida: Terror va zo‘ravonlik davri nihoyasiga yetdi

13:49 / 12.05.2025
Erdo‘g‘an Ukrainada tinchlik o‘rnatilishi bo‘yicha «burilish nuqtasi» haqida e’lon qildi

17:01 / 08.04.2025
Erdo‘g‘an muxolifat partiyasi yetakchisini sudga berdi

18:25 / 29.03.2025