Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Biz buni imkon qadar tezroq tugatish uchun bor imkoniyatni ishga solamiz». Putin - urush haqida
Vladimir Putinning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina muzokaralarni rad etgan.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Hindiston bosh vaziri Narendra Modining Samarqanddagi ShHT sammiti doirasida o‘tkazilgan uchrashuvida Ukraina mavzusi tilga olindi, deb xabar berdi Reuters.
«Hozir urush davri emas va siz bilan bu haqda telefon orqali gaplashgandik»,- deya Modining so‘zlaridan iqtibos keltirgan agentlik.
O‘z navbatida Putin Modiga Hindiston rahbarining Ukraina borasidagi xavotirlarini tushunishini va Moskva nizoga tezroq yakun yasash uchun bor imkoniyatini ishga solishini aytdi. Shu bilan birga Ukraina muzokaralarni rad etayotganini qo‘shimcha qildi.
«Ukrainadagi nizo bo‘yicha pozitsiyangizni, doimiy bildirayotgan xavotiringizni bilaman. Biz buni tezroq to‘xtatish uchun bor imkoniyatimizni ishga solamiz.
Afsuski, qarama-qarshi tomon — Ukraina rahbariyati — muzokaralar jarayonidan voz kechishini aytmoqda, ular o‘z maqsadlariga harbiy yo‘l bilan erishmoqchi ekanliklarini e’lon qilishgan. Ularning ta’biri bo‘yicha, jang maydonida. U yerda bo‘layotgan voqealar haqida sizni xabardor qilib turamiz», - dedi Putin.
Mavzuga oid
10:02 / 13.06.2026
Ukraina armiyasida keng ko‘lamli islohotlar boshlandi
14:20 / 11.06.2026
Rossiyadan ketgan fuqarolarning mol-mulki xatlanishi mumkin
09:15 / 09.06.2026
Putin va Netanyahuga order bergan prokuror vaqtincha ishdan olindi
20:34 / 08.06.2026