Shavkat Mirziyoyev kelgusi yilni ShHTda turizmni rivojlantirish yili deb e’lon qilishni taklif etdi
Shanhay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlat rahbarlari kengashi tor doiradagi uchrashuvidan so‘ng kengaytirilgan tartibdagi majlis boshlandi. Unda prezident Shavkat Mirziyoyev nutq so‘zlamoqda.
Prezident madaniy-gumanitar aloqalar an’anaviy ravishda hamkorlik mustahkam asosi ekanini ta’kidladi. Xalqlar o‘rtasidagi mustahkam do‘stlik va bir-birini o‘zaro to‘g‘ri tushunish ShHT mintaqasidagi tinchlik va keng qamrovli sheriklik garovidir.
Bildirilishicha, bugun qabul qilinayotgan uzoq muddatli yaxshi qo‘shnichilik, do‘stlik va hamkorlik to‘g‘risidagi shartnomani amalga oshirish bo‘yicha kompleks reja shu maqsadlarga qaratilgan.
ShHT doirasida universitet rektorlari forumi, madaniyat va turizm kunlari, qo‘shma sport tadbirlari va universiadalar singari qo‘shimcha formatlarni ta’sis etish zarurligi qayd etildi. Madaniyatlararo muloqot raqamli platformalarini ishga tushirish taklif etildi.
O‘zaro turistik oqimlarni ko‘paytirish, sayyohlik sohasida qo‘shma dasturlar va loyihalarni amalga oshirish muhimligi ko‘rsatib o‘tildi. Ushbu ustuvor yo‘nalishdagi hamkorlikni faollashtirish uchun davlat rahbari kelgusi yilni ShHT makonida turizmni rivojlantirish yili, deb e’lon qilishni taklif etdi.
Mavzuga oid
20:59 / 26.11.2024
Prezidentga transport sohasidagi transformatsiya jarayonlari taqdim etildi
19:05 / 26.11.2024
Namanganda flyuorit toshini qayta ishlash yo‘lga qo‘yilishi mumkin
23:08 / 25.11.2024
Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi raisi lavozimiga saylandi
21:10 / 25.11.2024