Rossiya va Ozarboyjon prezidentlari Vladimir Putin va Ilhom Aliyev Xitoyda bölib ötgan Şanhay hamkorlik taşkiloti sammiti doirasida ikki tomonlama uçraşuv ötkazmadi. «Ular bir-birlari bilan salomlaşdi, qöl berib körişdi, lekin bu safar heç qanday mazmunli muloqot bölmadi», — deya tasdiqladi Putinning matbuot kotibi Dmitriy Peskov.

3 sentabr, çorşanba kuni internetda Putinning Aliyev bölgan xonaga kirib, salomlaşayotgani va boşqa mehmonlarga murojaat qilgani aks etgan video paydo böldi.

Prezidentlar örtasidagi aloqalar Moskva va Boku örtasidagi keskinlik fonida diqqat markazida böldi. Rossiya delegatsiyasi a’zolariga ikki tomonlama muzokaralar böladimi, degan savol bir neça bor berilgan. Peskov buni istisno etmagandi. «Umid qilamizki, ular ertaga ŞHT yiğilişi doirasida uçraşiş imkoniyatiga ega böladi», — dedi u 31 avgust kuni.