Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
ShHT doirasida atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha bitim O‘zbekistonda tasdiqlandi
O‘zbekiston Respublikasi prezidentining “Xalqaro shartnomani tasdiqlash to‘g‘risida”gi PQ–339-sonli qarori 2025 yil 13 noyabr kuni qabul qilindi.
Qarorga muvofiq, Shanhay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar hukumatlari o‘rtasidagi atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida hamkorlik to‘g‘risidagi bitim tasdiqlandi.
Mazkur bitim 2024 yil 4 iyul kuni Ostona shahrida Shanhay hamkorlik tashkiloti Davlat rahbarlari kengashi yig‘ilishi doirasida imzolangan.
Qarorga binoan, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi ushbu xalqaro shartnomani amalga oshirish uchun mas’ul bo‘lgan vakolatli organ etib belgilandi.
Shuningdek, Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralar rahbarlari xalqaro shartnoma kuchga kirganidan keyin uning qoidalari ijrosini ta’minlash va amalga oshirilishini nazorat qilish vazifasi yuklatildi.
Mavzuga oid
14:22 / 11.10.2025
“MDH integratsiya uchun emas, tartibli ajralish uchun tuzilgandi” – siyosatshunos
22:42 / 04.09.2025
Isroil–Eron urushiga ShHT qanday reaksiya qildi?
10:43 / 04.09.2025
Putin va Aliyev ShHT sammitida muzokara o‘tkazmadi
23:24 / 03.09.2025